2. P. R. 01imxo‘jayeva —
- rasm. Iskabtopar va uning taraqqiyoti. a—tuxum; b, d—lichinkalar; e—g‘umbak; f—imago
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulotning maqsadi.
- O‘quv jihozlari. Mavzuga oid jadvallar, rasmlar, slaydlar, mikropreparatlar, o‘quv filmlari, mikroskoplar, diaproektor, kodoskop. Mashg‘ulot rejasi.
- Vaziyatga doir masalalar.
- Test topshiriqlari.
93- rasm. Iskabtopar va uning taraqqiyoti. a—tuxum; b, d—lichinkalar; e—g‘umbak; f—imago.
Eng ko‘p tarqalgan turi Phlebotomus pappatasiidir. Iskab- toparlar ektoparazitlar, teri va ichki leyshmanioz qo‘zg‘atuvchi- larining spetsifik tashuvchisi, Pappatachi isitmasi qo‘zg‘atuv- chisining tashuvchisi hisoblanadi. Iskabtoparlarga qarshi kurash choralariga: ular chaqishidan reppellentlar, pashshaxonalar, deraza va eshiklarni pardalash yor- damida saqlanish, iskabtoparlar tuxum qo‘yadigan joylarni tozalash, zaharli ximikatlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotning maqsadi. Talabalarda odam burgasi, chivinlar, iskabtoparlar morfologiyasi, hayot sikli, tabiatda tarqalishi, tibbiyotdagi ahamiyati, ularga qarshi kurash choralari haqida bilimlarni shakllantirish. Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun topshiriqlar. Mavzuni o‘rganing, quyidagi savollarga javob toping: Burganing odamga nisbatan spetsifikligi. Odamga o‘lat qanday usullarda yuqadi? Chivinlarni yagona oilaga birlashtiruvchi morfologik belgilar. Chivinlarning rivojlanishi va gonotrofik sikli. Bezgak chivini bilan oddiy chivinning lichinka va g'umbaklari orasidagi farqlar. Chivinlarga qarshi biologik va kimyoviy kurash choralari. Iskabtobarlarning boshqa chivinlardan morfologik va rivojlanishidagi farqlari. Iskabtoparning tibbiyotdagi ahamiyati. II. Vaziyatga oid masalalarni yeching, test topshiriqlarini bajaring. O‘quv jihozlari. Mavzuga oid jadvallar, rasmlar, slaydlar, mikropreparatlar, o‘quv filmlari, mikroskoplar, diaproektor, kodoskop. Mashg‘ulot rejasi. Talabalar jadvallar, slaydlardan foydalanib, burgalar, chivinlar iskabtoparlarning biologiyasi, morfologiyasi bilan tanishadilar. Mikropreparatlardan chivinlarning tuxumlari, lichinkalari, g‘umbaklari, imagolari orasidagi o‘xshashliklar va farqlar o‘rganiladi. Albomga chivinlarning hamma rivojhlanish bosqichlari solishtirish yo‘li bilan chiziladi. Odam burgasi va iskabtoparning umumiy tuzilishi ham chiziladi. Keyin vaziyatli masalalar yechilib, test topshiriqlari o'rganiladi. Mashg'ulotning yakunlovchi qismida talabalarning vazifalarni bajarishi tekshiriladi, bilimi baholanadi va keyingi mashg'ulotga topshiriqlar beriladi. Vaziyatga doir masalalar. Markaziy Osiyo cho‘llaridan kelgan va ko‘p vaqtgacha yuzidagi yaralar bitmagan odamda qanday parazitar kasallik bor deb taxmin qilinadi? Unga qo‘yilgan tashhisni qanday tasdiqlash mumkin? Cho‘l hududlaridan birida kemiruvchilarning kasallanish holati aniqlandi. Oradan biroz vaqt o‘tganidan keyin cho‘lda yashovchi boshqa yirik hayvonlar ham kasallanishi boshlandi. Bu qanday kasallik bo‘lishi mumkin? Javobingizni isbotlashga harakat qiling. Yuqori Shimoliy mamlakatlariga bezgak bilan og‘rigan odamlar borib qolganida, o‘sha joylarda bezgak kasalligi tarqalishi mumkinmi? Javobingizni isbotlang. Hozirgi vaqtda shaharlarda aholi yashovchi xonadonlarda chivinlarning hatto qish paytida ham faolligi kuzatilmoqda. Sizning fikringizcha, bu chivinlar qanday oilaga mansub bo‘lishi mumkin? Javobingizni isbotlashga harakat qiling. Test topshiriqlari. Ektoparazitlar endoparazitlardan qanday farqlanadi? A. Parazit va xo'jayin orasidagi muloqot vaqti bilan farqlanadi. B. Yashash joyi bilan farqlanadi. D. Ovqatlanish usuli bilan farqlanadi. E. Tuzilishi bilan farqlanadi. F. Ko‘payishi bilan farqlanadi. Hashoratlarning metamorfozini qanday sistema idora qiladi? A. Tayanch-harakat va hazm sistemalari. B. Nafas olish va jinsiy sistemalar. D. Qon aylanish va ayirish sistemalari. E. Endokrin va nerv sistemalari. F. Qoplovchi to'qima va sezgi a’zolari. Burgalar — bu: A. Faqat odamning ektoparazitlari. B. Odamning endopara- zitlari. D. O‘latning qo‘zg‘atuvchisi. E. Ko‘p xo‘jainlarda parazitlik qila oladi. F. Faqat issiqqonli hayvonlar parazitlari. Qaysi organizmda bezgak plazmodiyasining sporogoniyasi kechadi? A. Aedes avlodi chivinlarida. B. Odamda. D. Kuleks avlodi chivinlarida. E. Anofeles avlodi chivinlarida. F. Hamma turdagi chivinlarda. Anofelesning urg'ochisi erkagidan nimasi bilan farqlanadi? A. Qanoti tuzilishi bilan. B. Oyoqlarining soni bilan. D. Bosh miyasi tuzilishi bilan. E. Og‘iz apparati tuzilishi bilan. F. Ular bir-biridan tashqi ko‘rinishi bilan farqlanmaydi. Anofeles va kuleks avlodi chivinlari qanday farqlanadi? A. Morfologiyasi bilan farqlanmaydi. B. Faqat urg'ochilari farqlanadi. D. Urg'ochilari ham, erkaklari ham farqlanadi. E. Li- chinkalari, erkaklari, urg‘ochilari farqlanadi. F. Metamorfozning hamma bosqchlari farqlanadi. Anofeles xarakteristikasida noto‘g‘ri javobni toping: A.Tuxumlarini yopishtirib qo‘yadi. B. Lichinkalarida nafas sifonlari yo‘q. D. G‘umbagining nafas nayi voronkasimon. E. Suvga qornini burchak hosil qilib qo'nadi. F. Bezgak qo‘zg‘atuvchisini tashib yuradi. Chivinlar: A. Xo'jayin almashtirib rivojlanadi. B. Tashqi muhitda to‘liq metamorfoz bilan rivojlanadi. D. Xo'jayin organizmida to‘liqmas metamorfoz bilan rivojlanadi. E. Tirik tug‘uvchilarga kiradi. F. Ger- mafroditlar hisoblanadi. Chivinlardan qanday saqlaniladi? A. Tanani va yashash xonasini toza tutish bilan. B. Hojatxonalarni toza tutish bilan. D. Reppellentlar va pashshaxonalar yordamida. E. Ularga qarshi samarali choralar yo‘q. F. Imagolarni mexanik ravishda qirish bilan. O'lat odamga asosan qanday yuqadi? A. Burgalar axlati yaraga tushganida. B. Burgalar gemolimfasi yaraga tushganida. D. O‘lat tiqinini burgalar chaqayotgan joyga qusganida. E. Bitlar chaqqanida. F.Kanalar chaqqanida. mavzu. PASHSHALAR (MUSCIDAE) OILASI Tip: Arthropoda — Bo‘g‘imoyoqlilar. Kenja tip: Tracheata — Traxeya bilan nafas oluvchilar. Sinf: Jnsesta — Hashoratlar. Turkum: Diptera — Ikki qanotlilar. Musca domestica — Uy pashshasi, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar, sodda hayvonlar sistalar va gelmintlar tuxumlarining mexanik tashuvchisi. Wohlfahrtia magnifica — Volfart pashshasi, lichinkasi miaz qo‘ zg‘ atuvchisi. 21 — Tibbiy biologiya va genetika Stomoxys calcitrans — Kuzgi pashsha, kuydirgi, tularemiya va sepsis qo‘ zg‘ atuvchilarining tashuvchisi. Glossina palpalis — Se-se pashshasi, tripanosomoz qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling