2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Hashoratlarning tibbiyotdagi ahamiyati


Download 1.88 Mb.
bet157/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Hashoratlarning tibbiyotdagi ahamiyati.

  1. Ko‘p turlari infeksion yoki parazitar kasalliklar qo‘z- g‘atuvchilarining mexanik yoki spetsifik tashuvchilari hisoblanadi.

  2. Ular orasida ektoparazitlar ham, endoparazitlar ham mavjud.

  3. Hashoratlar sinfi vakillari orasida zaharli turlar ko‘p.

Suvaraklar (Blattoidea) turkumi.
Qanotli hashoratlar bo‘lib, hamma joyda keng tarqalgan. Turlari juda xilma-xil. To'liqmas metamorfoz yo‘li bilan, lichinkalari bir necha marta tullab rivojlanadi. Qora suvarak (Blatta orientalis) va malla suvarak ( Blatta gepmanica) boshqa turlarga nisbatan ko‘proq tarqalgan.
Malta suvarak (Blatta gepmanica) — kasallik qo‘zg‘atuv- chilarining mexartik tashuvchisi.
Yirik hashoratlar qatoriga kirib, o'lchami ba’zan 3-6 sm gacha yetadi. Tanasi dorzoventral yassilangan, 2 juft qanoti bor. Og‘iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan. Qorin sohasining oxirida oyoqlari gomologlari — serklar deb ataluvchi o'simtalar kuzatiladi. Tuxumlarini pilla ichiga qo‘yadi, urg‘ochisi pillalarni o‘zi bilan 10-15 kungacha olib yuradi. To‘liqmas metamorfoz bilan rivojlanadi.
Suvaraklar asosan kechasi faol hayot kechiradi, odamning yashash joylarida, oshxonalarda, axlat to'plangan joyda yashaydi. Ular ovqat qoldiqlari, balg‘am, axlat bilan ovqatlanadi, kunduzi yashirinib yotadi va kechasi ovqat axtarib chiqadi.
Suvaraklarning tibbiyotdagi ahamiyati. Juda ko‘p infeksion va parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining mexanik tashuvchilari hisoblanadi. Ular gijjalar tuxumlarini va sodda hayvonlar sistalarini tarqatishda bain katta rol o‘ynaydilar.
Suvaraklar dissimilatsiya mahsulotlari odamlarda allergik reaksiyalarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ular zaharli ximikatlarga o‘ta chidamliligi bilan ajralib turadi.
Suvaraklar tarqalishi oldini olishda aholi uchun uy-joylarni sifatli qurish, umumiy sanitariya choralarini amalga oshirishga katta e’tibor bermoq zarur.
Qandalalar ( Hemiptera) turkumi
O‘rin-ko‘rpa qandalasi (Cimex lectularius) — ektoparazit.
Qandalalar orasida eng ko‘p tarqalgan turlardan biri. Hamma joylarda tarqalgan bo'lib, asosan kechasi faol hayot kechiradi. Qon so‘ruvchi parazitlar hisoblanadi.
Qandalalar devorlar yorig'ida, mebellarda, o‘rin-ko‘rpada, gilamlarda va boshqa joylarda yashaydi, odamga asosan kechasi hujum qiladi. Tashqi muhit sharoitlariga o‘ta chidamli, bir yilgacha ochlikka chidashi mumkin. Ularning og'iz apparati qon so‘rishga moslashgan, sanchib-so'ruvchi tipda tuzilgan (89- rasm).
Qandalalar to‘liqmas metamorfoz usulida ko'payadi. Tuxumdan qulay haroratda (25°C) qon so'ruvchi lichinkalar chiqadi. Lichinkalar qulay sharoitlar mavjud bo‘lsa, 28-30 kunda 5 marta tullaganidan keyin yetuk shaklga aylanadi.
Qandalalar chaqqan joylari chidab bo'lmaydigan darajada qichitadi, odamning tinchligini buzadi, asabiylashtiradi, chaqilgan joylarda allergik reaksiyalar, yiringlash kuzatilishi mumkin.
Qandalalar yuqumli kasalliklar f qo‘zg‘atuvchilarining tashuv- chilari bo‘lishi ham mumkin degan dunyoqarashlar mavjud bo‘lsa ham, hozirgacha bu taxminlarga ishonch- li dalillar yo‘q.
Qandalalarga qarshi kurashish uchun odamlarning yashash, turmush sharoitlarini yaxshilash, uy devorlari, mebellar, o‘rin-ko‘r- palarni insektitsitlar bilan ishlov berish zarur.
Janubiy Amerikada yashaydi- gan triatomli qandalalar Amerika tripanosomozi (Chagas kasalligi) qo‘zg‘atuvchisining spetsifik tashuvchisi hisoblanadi.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling