16- jadval
Iksod kanalar va argas kanalari orasidagi farqlari
■ ____Kanalar oilasi
Belgilar
|
Argas oilasidagi kanalar
|
Iksod oilasidagi kanalar
|
Yashash zonasi
|
Yopiq yerlarda
|
Ochiq yerlarda
|
Otalangan tuxumlarining soni
|
Ming donaga yaqin
|
17-20 ming
|
Og'iz apparati
|
Qorin sohasida joylashgan
|
Kana tanasidan oldinga turtib chiqqan
|
Ustki emal — qalqon
|
Bo'lmaydi
|
Aksariyat bor
|
Akariformlar (Acariformes) kenja turkumi
Akariformlarning xarakterli xususiyatlari:
Tanasi bo‘g‘imlarga ajralmagan, oval shaklga ega.
0‘lchami juda kichik, ba’zilarini mikroskop yordamida o‘rganiladi.
Ko‘p turlarida traxeyalari yo‘q, butun tanasi bilan nafas oladi.
Ombor va un kanalari tibbiyot ahamiyatiga ega, ovqat bilan odamga yuqqanda oshqozon-ichak faoliyati buzilishiga, allergik reaksiyalarga sabab bo‘ladi.
Qichima kana (Sarcoptes scabiei) — qichima kasalligi qo‘ zg‘ atuvchisi.
Parazit epidermisning muguz qatlamida yashaydi, uzunligi 0,5 mm dan oshmaydi. Butun tanasi bilan nafas oladi. Terida doimiy ektoparazitizmga moslashishi natijasida morfologiyasi boshqa kanalardan ancha farqlanadi. Odamga kasallar bilan muloqotda bo'lganida yoki kasalning kiyimidan, o‘rin-ko‘rpasi va shaxsiy buyumlaridan yuqadi. Urg'ochi kana epidermisda yo‘l ochadi va hayoti davomida 40-50 tagacha tuxum qo‘yadi. Hayot siklida lichinka, nimfa, imago bosqichlari kuzatiladi, 40-50 kungacha yashaydi (88- rasm).
Kanalar terining har qanday joyida yashashi mumkin, lekin ko‘pincha barmoqlar orasida, qo‘ltiq tagi, ikki son oralig'i terisida ko‘proq parazitlik qiladi.
Kasallarda qattiq qichish, ozib ketish alomatlari kuzatiladi. Qashilgan joylarga mikroblar tushishi, teri yiringlashi, yallig‘lanishga sabab bo‘lishi mumkin.
Odamga hayvonlarning qichima kanalari ham yuqishi mumkin. Lekin ular qichimaning yengil shaklini qo‘zg‘atadi va bu kasalliklar oson davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |