2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet143/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Patogen ta’siri. Askarida metabolitlarining zaharli ta’siri natijasida bosh og‘rig‘i, ko'ngil aynish, mehnat qobiliyati susayishi kuzatiladi. Ayniqsa yosh bolalarda ichakni to‘sib qo'yishi mumkin. Lichinkalar migratsiyasi vaqtida allergik reaksiyalar va pnevmoniya kuzatilishi mumkin (migratsion askaridoz).
Laboratoriya tashhisi. Axlatda tuxumlarni, balg‘amda lichin- kalarni tekshirishga asoslangan.
Profilaktikasi. Shaxsiy profilaktikasi — qo‘lni yaxshilab yuvish, sabzavot va mevalarni issiq suvda yaxslii yuvib iste’mol qilishga asoslangan. Jamoat profilaktikasi odamlar yashash joylarini obodonlashtirish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, kanali- zatsiyalashtirish, kasallarni davolash, degclmintizatsiyalash, pashshalar, suvaraklarga qarshi kurash, sanitariya-oqartuv ishlarini yo'lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Ostritsa (Enterobius vermicularis)
Ostritsa (Enterobius vermicularis) — enterobioz qo‘zg‘atuvchisi.
Parazit yashash joyi. Odamning ingichka ichagi pastki qismida va yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismida parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Hamma joyda uchraydi, odam parazit gijjalari orasida eng ko‘p uchraydigani hisoblanadi. Enterobioz bolalarda ko‘proq uchraydi.
Morfologiyasi. Urg'ochisining uzunligi 10-12 mm, erkagining uzunligi esa 5 mm ga yaqin. Erkagining orqa uchi spiralsimon o‘ralgan. Xarakterli belgilari: vezikula (tana oldingi qismida pufaksimon tuzilma) va bulbus (qizilo‘ngach keyingi qismida) mavjudligidir. Bu tuzilmalar parazitning ichak devoriga yopishib joylashishiga yordam beradi. Ichak suyuqligi bilan, ba’zan qon bilan ovqatlanadi.
Hayot sikli. Enterobioz antroponoz kasalliklar guruhiga kiradi. Yetuk urg‘ochi ostritsalar otalanganidan keyin to‘g‘ri ichakka tushadi va kechasi faol harakatlanib, anusdan chiqadi va anus atrofiga 10- 15 ming tuxum qo‘yadi va keyin nobud bo'ladi. 6-7 soat davomida
tuxumlar invazion holatga yetiladi. Bolalar qichigan joylarini qashiganda qo'liga, tirnoqlari tagiga yopishgan tuxumlar yuqadi. Bunday yuqish autoreinvaziya deyiladi. (tuxumlarning o'zidan- o'ziga qayta yuqishi). Odam organizmida lichinkalar migratsiyasiz rivojlanadi. Ostritsalar 1 oydan ortiq yashamaydi (80- rasm).


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling