39- mavzu. Zaharli hayvonlar 335
Zootoksinlardan zaharlanishlarni davolashda qo'llaniladigan zardoblar olishda foydalaniladi.
Zootoksinlar tibbiy-biologik ilmiy tadqiqotlarda keng qo'llaniladi. Natijada, ularning hozirgacha noma’lum bo'lgan qimmatli xususiyatlari aniqlanmoqda.
Zaharli hayvonlarni asrash va ulardan oqilona foydalanish uchun alohida joylarda ular saqlanishi va ko‘paytirilishi mumkin. Ilonlar serpentariyalarda, hashoratlar insektariyalarda, chayonlar skorpionariyalarda ko‘paytiriladi va muntazam ravishda ularning ko‘payishi sikliga, biogeotsenozlariga zarar yetkazmasdan zahar olish mumkin.
Shunday sharoitlarda ularni uzoq vaqt saqlash va ko‘paytirish usullari ishlab chiqilmoqda (O‘zFA zoologiya va parazitologiya institutida Markaziy Osiyodagi eng yirik serpantariy mavjuddir).
Sun’iy sharoitda zaharli hayvonlarni ko‘paytirish tabiiy biogeotsenozlarni saqlash va tiklashga imkon beradi.
Zaharli hayvonlarni saqlash uchun toksinlar va ularning tarkibiy qismlarini sun’iy, kimyoviy sintezi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mashg‘ulotning maqsadi.
Talabalarda zaharli hayvonlar, zaharlilikning biologik ahamiyati va evolutsiyasi, zootoksinlarning tibbiy va xo‘jalik ahamiyati haqida bilimlarni shakllantirish. Eng ko‘p tarqalgan zaharli hayvonlar zaharlarining organizmga ta’siri va zaharli hayvonlar chaqqanida birinchi yordam choralari bilan tanishtirish.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar.
Mavzuni o'rganing, quyidagi savollarga javob toping:
Zaharli hayvonlar va zaharlilik haqida umumiy tushunchalar.
Zaharlilikning klassifikatsiyasi va kelib chiqish sabablari.
Chayonning zahari odamga qanday ta’sir etadi?
Qoraqurt chaqqanda qanday klinik belgilar namoyon bo’ladi?
Baliqlar va amfibiyalar zaharlarining ta’siri haqida tushuncha.
Ilonlarning zaharining organizmga ta’siri haqida tushunchalar (18- jadval).
Zaharli hayvonlar chaqqanda qanday birinchi yordam ko’rsatiladi (19- jadval)?
Zaharli hayvonlarning ahamiyati va ularni muhofaza qilish haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |