2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet169/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

A

D


97- rasm. A—Ilonlarning zahar tishlari. I—liaychali; 2—egatchali.
В—Ko'lvor ilon og'zi ochilgan holatda. 1—nafas nayi; 2—zahar tishlari;
3—tili.

98- rasm. Chayon va qoraqurt. A—chayon;
В—qoraqurt; D—qoraqurt pillalar ustida.
39- mavzu. Zaharli hayvonlar 333

  1. Nofaol zaharlilarda zaharli organlar mavjud, lekin zahar kirituvchi moslamalari bo‘lmaydi. Ularga zaharli amfibiyalar, molluskalar, ba’zi hashoratlar, baliqlar jigari, qorin pardasi, jinsiy va teri bezlarini misol qilib keltirish mumkin.

Ular butun umri davomida yoki ko'payish davridagina zaharli bo‘lishi mumkin. Bu hayvonlarning zaharli mahsulotlari zahar tekkan, yoki kirgan joyga mahalliy (kontakt) ta’sir qilib teri qoplamlari shilliq pardalarini ta’sirlashi, yoki ularning ta’siri umumiy bo'lib, qonga so'rilgandan keyingina namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zan nofaol zaharlilarning zaharli metabolitlari har xil a’zolarda to‘planadi.
Zaharlilikning kelib chiqishi. Zaharlilikning evolutsiyadagi eng oddiy shakli nofaol zaharlilik, ya’ni zaharli metabolitlarning organizmda to‘planishidir.
Dushmanlaridan himoyalanish yoki o'ljalariga hujum qilish vositalari bo‘lmagan hayvonlarda maxsus zahar ishlovchi tuzilmalar kelib chiqqan.
Bu a’zolar quyidagi usullarda hosil bo‘lgan:

  1. Qoplovchi hujayralarning himoyalanish funksiyasi kuchayishi hisobiga (halqali chuvalchanglar, kovakichlilar, ignaterililar).

  2. Ichki yoki tashqi sekretsiya bezlari funksiyalarining kucha­yishi va kengayishi hisobiga.

Ilonlarning zahar bezlari so‘lak bezlarining shakli o’zgarishi natijasida hosil bo‘ladi.
Hashoratlarning zahar apparati jinsiy bezlarining shakli o‘z- garishi natijasidir.
Nofaol zaharlilik yoki ikkilamchi zaharlilik hayvonlarning deyarli individual himoyasini ta’minlamaydi. Lekin ayrim individning o'limi bilan bo‘Isa ham bu xususiyat populatsiyaga foyda keltiradi.
Nofaol zaharlililar qo'rqituvchi ta’sir bilan dushmanlardan saqlanishhi mumkin.
Faol zaharlilik boshqa shakllarga qaraganda progressiv mor- fofiziologik belgi hisoblanadi.
Faol zaharli hayvonlarning toksinlari zaharli polipeptidlar va litik fermentlar aralashmasi hisoblanadi (masalan, o‘rgim- chaksimonlar va ilonlar zaharlari). Hazm trakti orqali kirganda ular parchalanadi va o‘zining zaharli effektini yo'qotadi. Ular faqat qon orqali kirgandagina o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi.
Passiv (qurollanmagan) birlamchi zaharliliarning zahari oqsilmas moddalardan tashkil topgan. Shuning uchun ular hazm sistemasiga tushganida ham samarali ta’sirini ko‘rsataveradi.
Faol zaharliliar odatda yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Ularning zahari neyrotrop ta’sir qiladi (o‘ljasini harakatsizlantirish uchun, masalan ilonlar, chayonlar, arilar).
Nofaol zaharlilarda zahar moddasi asosan dushmanlarini qo‘rqitish uchun foydalaniladi (Bu moddalar steroidlar, organik kislotalar shaklida bo'lishi mumkin. Bularga amfibiyalar, qo‘ng‘izlar, ba’zi ko'poyoqlilar zahari misol bo‘la oladi).
Zaharlilikning evolutsiyasi jarayonida faqat hayvonlar o'zlari evolutsiyalanib qolmasdan, ularning o‘zlari ishlab chiqaradigan zaharlariga chidamliligi (rezistentligi) mexanizmlari ham evolyut- siyalanib boradi. Buning bir qancha mexanizmlari mavjud.

  1. Zahar bezlarining tuzilishi o'ziga xos bo‘lib, ularning devorlari toksinlarning organizmda tarqalishiga to‘sqinlik qiladi (membranalar va chiqarish naylari o‘tkazuvchanligi).

  2. Ko'pincha zahar uning ingibitorlari bilan birga ishlab chiqariladi. Shu tufayli o‘z faolligini namoyon qila olmaydi. Ular­ning zahari boshqa organizmga tushganda ingibitorlar konsen- tratsiyasi o‘lja organzmida keskin kamayadi va natijada zahar faollashadi.

  3. Hayvonlarda yana gumoral antitoksin mexanizmlar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, ba’zi ilonlar qonida o‘z zaharlarini inaktivatsiyalovchi peptidlar mavjuddir.

  4. Ba’zi amfibiyalar va baliqlar hujayra membranalarida o‘z toksinlariga nisbatan retseptorlar bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularning hujayralari o‘z toksinlarini sezmaydi.

Hozirgi vaqtda insonning xo'jalik faoliyati natijasida zaharli hayvonlarning ko‘plab turlari yo'qolib ketmoqda.

  1. Zaharli hayvonlar biogeotsenozlarning tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Shuning uchun ham ularni asrash choralari ko'rilishi lozim. Biogeotsenozlar evolutsiyasining barqarorligi zaharli hayvonlarga ham bog'liq ekanligini unutmasligimiz lozim.

  1. Zaharli hayvonlar juda katta tibbiy va xo‘jalik ahamiyatiga ega.

  2. Zootoksinlar farmatsevtika sanoatida juda qimmatli xomashyo sifatida foydalaniladi. Ular juda ko‘p dori preparatlar tayyorlashda ishlatiladi.

  3. Ba’zi toksinlar kimyoviy preparatlar olish manbaidir. Ulardan murakkab biokimyoviy tekshirishlarda foydalaniladi.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling