2. P. R. 01imxo‘jayeva —


rasm. Drozofila pashshasining tana rangi va qanotining uzun-kaltaligini belgilovchi genlarning birikkan holda naslga o‘tishi


Download 1.88 Mb.
bet32/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

rasm. Drozofila pashshasining tana rangi va qanotining
uzun-kaltaligini belgilovchi genlarning birikkan holda naslga o‘tishi.


1—kulrang tana geni (B), qora rang geni (b) dan, normal qanot geni (V), kalta qanot geni (v) dan, dominantlik qiladi. В va V genlari bitta xromo- somaga joylashgan. a—erkak drozofilalar xromosomalarida krossingover bo'lmasligi tufayli belgilarning to‘liq birikishi: PP kulrang normal qanot- li urg‘ochi pashsha (BIJVV) qora kalta qanotli (bbvv) erkak pashsha bi- lan, Fj — kulrang normal qanotli erkak pashsha (BbVv) qora kalta qa­notli urg'ochi pashsha (bbvv) bilan chatishtirilgan. F2—erkak pashshalar- da krossingover bo'lmasligi tufayli ikki xil avlod hosil bo‘ladi. 50% qora kalta qanotli va 50% kulrang normal qanotli. b—urg'ochi drozofilalarda krossingover mavjudligi tufayli belgilarning chala birikishi, pp — kul­rang normal qanotli urg'ochi pashsha (BBVV) qora kalta qanotli erkak pashsha (bbvv) bilan chatishtirilgan. F,—kulrang normal qanotli urg‘ochi pashsha (BbVv) qora kalta qanotli erkak pashsha (bbvv) bilan chatish­tirilgan. F2—urg'ochi pashshalarning gomologik xromosomalarida kros­singover mavjudligi tufayli to'rt xil gametalar hosil bo'ladi va to‘rt xil avlod rivojlanadi, nokrossoverlar kulrang normal qanotli (BbVv) va qora kalta qanotli (bbvv), krossoverlar — qora normal qanotli (bbvv), kulrang kalta qanotli (BbVv).
profazasida muhim jarayon — krossingover kuzatiladi. Gomolog xromosomalar konyugatsiyalashib allel genlari bilan almashinadi. Natijada, gametalarning bir qismi yangi genlar kombinatsiyasiga ega bo'ladi. Shuning uchun yangi avlodda ota-onalarnikidan farq qiluvchi yangi belgilar kombinatsiyasi. vujudga keladi.
Krossingover natijasida hosil bo‘lgan gametalar hamda shu gametalardan hosil bo'lgan avlod bir xil nom bilan krossoverlar, krossingoverga uchramagan gametalar ishtirokida hosil bolgan avlod nokrossoverlar deb ataladi.
Endi Morgan qoidasini ifodalaymiz: bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhlariini. hosil qiladi va nasldan naslga bog'langan holda o‘tadi. Ularning birikish kuchi shu genlar orasidagi masofaga teskari proporsionaldir. Genlar orasidagi masofa morganida deb ataladigan birlik bilan ifodalanadi. I morganida 1% krossingover kuzatiladigan genlar orasidagi masofaga teng. Biz yuqorida ko‘rib chiqqan misolimizdagi ikkita gen orasidagi masofa 17 morganidaga teng. Genlarning birikishiga bag'islilangan tajribalar yordamida biz xromosomalarning genetik xaritalarini yaratamiz. Odam xromosomalari genetik xaritalarini aniqlash uchun DNK zondlari, somatik hujayralarni duragaylash, avtomatik kompyuter tahlil usullaridan foydalanamiz.
Jinsga bog‘liq belgilarning nasldan naslga o‘tishi.
Hayvonlar va o‘simliklarda erkak va urg'ochi organizmlar nisbati 1:1, ya’ni erkak va urg‘ochi organizmlar soni taxminan bir-biriga teng bo‘ladi.
Sitologik tekshirishlar natijasida urg‘ochi va erkak organizmlar bir-biridan ayrim xromosomalari bilan farqlanishi aniqlangan. Erkak va urg'ochi organizmlarning bir-biridan farq qiluvchi xromosomalari jinsiy xromosomalar deyiladi. Urg'ochi va erkak organizmlar kariotipini sitogenetik analiz qilib ularning faqat bir jufti farq qilishi aniqlangan. Bunday xromosomalar geteroxromosomalar deyiladi va lotincha X va Y harflari bilan belgilanadi. Ko‘pchilik turlarda urg'ochi organizmda bir xil — XX jinsiy xromosomalar, erkak organizmida esa har xil — XY xromosomalar kuzatiladi. Qolgan hamma xromosomalar autosomalar deyiladi (ular erkak va urg‘ochi organizmlarda bir xil bo‘ladi). Urg‘ochi jins kariotipida jinsiy xromosomalar bir xil bo‘ladi, ular bir xil gainetalarni hosil qilgani uchun gomogametali deyiladi:
2AXX

AX AX

Erkak jinsiy jinsiy xromosomalari har xil bo'lib, ikki xil game- talarni hosil qilganligi uchun geterogametali deyiladi:


2AXY

AX AY

Jinsiy xromosomalar bir-biridan kattaligi, shakli va genlarning tarkibi bilan farq qiladi. X xromosonia Y xromosomaga nisbatan ancha katta, shuning uchun uning ko‘p gonlarining Y xromosomada allellari yo‘q.


Jinsiy xromosomaga joylashgan genlar orqali nasldan naslga beriluvchi belgilar jinsga bog'liq belgilar deyiladi. Hozirgacha asosan X xromosomaga bog'liq belgilar yaxslii o'rganilgan.
Odamda X xromosomaga bog'liq belgil a rga daltonizm, gemofiliya (retsessiv), tish emali qo‘ng‘ir rangda bo'lishi (dominant) misol bo‘la oladi. Y xromosomaga bog‘liq belgilar kainroq. Ularga gipertrixoz, sindaktiliya misol bo‘la oladi.
Mashg‘ulot maqsadi.
Genlarning birikishini, krossingover, jinsga bog'liq belgilarning nasldan naslga o'tishi qonuniyatlarini xromosomalarning genetik xaritasini chizishni o'rganish.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqiar.


  1. Download 1.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling