2. P. R. 01imxo‘jayeva —
mavzu: Genlarning birikkan holda nasldan naslga o‘tishi 71
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- I)- liiuvzu. Modifikatsion 0‘zgaruvehanlik va uni statistik uh ill
mavzu: Genlarning birikkan holda nasldan naslga o‘tishi 71
mavjud. В. Ha. D. Yo‘q. E. Gomologik qismlar nogomologik qismlarga nisbatan ko‘p. F. Gomologik va nogomologik qismlari bir hil. Qon ivishi normal bo'lgan ota-onalardan gemofilik o‘g‘il tug‘ilishi mumkinmi? A. Yo‘q. B. Hamma holatlarda mumkin. D. Agar ona patologik genning tashuvchisi bo‘lsa mumkin. E. Agar ota geterozigotali bo‘lsa mumkin. F. D va E javoblar to‘g‘ri. Jinsiy xromosomalarda gen dozasi kompensatsiyasi qanday amalga oshiriladi? A. X xromosomalardan birining nofaollashishi orqali. B. Y xromosomaning nofaollashishi orqali. D. Y xromosomaning faol- lashishi orqali. E. X xromosomalar ikkalasining bir xil faollashishi orqali. F. A va В javoblar to‘g‘ri. 9.Odamning jinsiy xromosomalarga bog‘liq belgilarini ko‘rsating: A. Sindaktiliya, gipertrixoz, polidaktiliya. B. Daltonizm, sindaktiliya, gipertrixoz. D. Daltonizm, o‘naqaylik. E. Gemofiliya, gipertrixoz, chapaqaylik. F. Gemofiliya, niushak distrofiyasi, tish emali qorayishi. 10. Morganida — bu: A. Mutatsiya birligi. B. Genlar orasidagi masofani o'lchash birligi. D. Rekombinatsiya birligi. E. Transkripsiya birligi. F. Morgan tomonidan aniqlangan plazmatik gen. mavzu. MODIFIKATSION O‘ZGARUVCHANLIK VA UNI STATISTIK USULDA O‘RGANISH Mavzuning mazmuni. Organizmlar belgilarining rivojlanish sharoitlari yoki tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishi modifikatsion yoki fenotipik o‘zga- ruvchanlik deyiladi. O‘zgaruvchanlikning bu xilida faqat fenotipda o'zgarish kuzatiladi. Genotip o‘zgarmaganligi uchun modifikatsion o‘zgaruvchanlik nasldan naslga berilmaydi. Bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni yuzaga chiqara olish chegarasi — reaksiya normasi deyiladi. Modifikatsion o‘zga- ruvchanlikning evolutsion ahamiyati shundan iboratki, u orga- nizmlarga o‘z ontogenezida tashqi muhit omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi. Reaksiya normasi keng bo‘lgan organizmlar tabiiy tanlashda qulaylikka ega bo‘ladi. Organizmlarning bo‘yi, inassasi, pigmentatsiyasi va shunga o‘xshash ko‘plab belgilar modifikatsion o‘zgaruvchanlikka moyildir. Modifikatsiyalarning kelib chiqishi organizmda biokimyoviy va fermentativ reaksiya- larning u yoki bu tomonga o‘zgarishiga bog'liqdir. Modifikatsion o'zgaruvchanlikning o‘ziga xos ko‘rinishi uzoq davom etuvchi modifikatsiyalardir. Bu modifikatsiyalar uni yuzaga chiqargan omillar ta’siri tugagandan keyin ham bir necha avlod davomida kuzatilib, asta-sekin yo‘qoladi. Buning sababi sitoplazmatik irsiyatga bog‘liq deb hisoblanadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning bir ko‘rinishi bo‘lmish feno- kopiyalar ham alohida ahamiyatga ega. Fenokopiyalar — muhit omil- lari ta’sirida kelib chiqadigan ma’lurn genotipik o‘zgaruvchanlikka o'xshash modifikatsiyalardir. Masalan, talidomid preparati chaqaloqning fekomeliya (qo‘llarning kaltaligi) bilan tug'ilishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday o'zgarishni mutant allellar ham yuzaga chiqarishi mumkin. Fenokopiyalarning mavjudligi kasallikning diagnozini aniqlashda ancha qiyinchiliklarga sababchi bo‘lishini vrach yaxshi tushunishi shart. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik tibbiyot I’anida katta ahamiyatiga ega. Har bir kasallik har xil shaxsda bar xil kechishi mumkin (buning sababi reaksiya normasining har xilligidir). Bunday holatlar vrachlik amaliyotida juda ko‘p uchraydi. Belgilarning o'zgaruvchanligini o'rganish usullarini ishlab chiqish bilan maxsus fan — biometriya shug'ullanadi. Belgilarning sifat o‘zgarishlarini aniqlash uchun u yoki bu belgilarni hisoblab, olingan natijaning shu guruhning uniumiy soniga nisbatan qancha foizini tashkil etishi aniqlanadi (masalan, bironta guruhda kasal yoki sog‘ odamlar foizi aniqlanadi). Belgilarning miqdoriy o‘zgarishlarini aniqlash birmuncha qiyinroq, chunki ularning ko‘rsatkichlari keng doirada o'zgarishi mumkin. Buning uchun belgining o‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi variatsion qatorni yoki belgining o'zgaruvchanlik qatorini tuzish talab qilinadi. Ayrim son ko'rsatkichlar variantlar deyiladi. Variantlar (masalan, ayrim shaxslar tanasi og‘irligi) ko‘payib yoki kamayib borishi tartibida joylashtiriladi. Ma’lum tartibda joylashtirilgan variantlar yig’indisi variatsion qator deyiladi. Lekin bir qator qilib joylashtirilgan variantlar yig‘indisi o'zgaruvchanlik haqida to'liq tasavvur bera olmaydi. Buning uchun variantlarni guruhlarga bo'lib chiqiladi. So'ngra har bir guruhning o'rtacha ko'rsatkichi, uchrash tezligi aniqlanadi. Variatsion qatordan foydalanib belgining o'zgaruvchanligini grafik ravishda tasvirlash mumkin. I)- liiuvzu. Modifikatsion 0‘zgaruvehanlik va uni statistik uh ill Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling