2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genom mutatsiyalari (xromosoma gaploid to‘plami — genom)
Mutatsion o‘zgaruvchanlik irsiy axborotning tuzilishi va miqdori o'zgarishi natijasida kelib chiqadi.
Mutatsiyalarning sababiga ko‘ra spontan va indutsirlangan mutatsiyalarga ajratiladi. Qanday hujayralarda va hujayra qismlaridagi o'zgarishlarga qarab generativ, somatik, yadro (xromosoma) va sitoplazmatik mutatsiyalar tafovut etiladi. Fenotip o'zgarishiga qarab: ko‘rina-digan (morfologik, fiziologik) va biokimyoviy mutatsiyalar mavjud. Organizmning hayot faoliyati ta’siriga qarab: letal, yarimletal, shartli letal, steril, neytral, kuchaytiruvchi mutatsiyalar mavjud. Irsiy axborotning qanday tuzilish darajasida o'zgari^higa qarab: genom, xromosoma va gen mutatsiyalari tafovut etiladi. Genom mutatsiyalari xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘- liq o‘zgarishlaridir. Ular ikki xil bo‘ladi (7- jadval). Genomning butunligichga kamayishi (gaploidiya) yoki ko'payishi (poliploidiya). Ayrim xromosomalar soni 'o‘zgarishlari (aneuploidiya yoki geleroploidiya ). jadval Genom mutatsiyalari (xromosoma gaploid to‘plami — genom)
Autosoma Poliploidiya 3n, 4n, 5n... Gaploidiya n Geterosoma Genom soni o‘zgarishi Ayrim xromosomalar soni o'zgarishi (aneuploidiya yoki geteroploidiya) I tipdagi genomning butunligicha o‘ zgarishlaridan poliploidiya ko‘proq uchraydi. Poliploidiya o'simliklarda ko‘p uchraydi, ularning hosildorligini oshiruvchi omillardan biri hisoblanadi, seleksiyada bu hodisadan keng foydalaniladi. Hayvonlarda poliploidiya deyarli uchramaydi, chunki ularning yashovchanligi susayadi, bunday organizmlar steril bo'ladi. Lekin hayvonlarda ayrim somatik hujayralarda (jigar, mushak, suyak-tog‘ay hujayralari) poliploidiya kuzatilishi mumkin. Poliploidiya mexanizmlari: Meyozda, gametogenozda xromosomalar ajralishi buzilishi. Somatik hujayralarda mitoz tugallanmay qolishi natijasida ko‘p xromosomali, ko‘p DNK saqlovchi (politeniya, poliploidiya) va ko‘p yadroli hujayralar hosil bo'lishi. Poliploidiyani mitozni to'xtatuvchi moddalar (kolxitsin) ta’sirida sun’iy hosil qilish mumkin. II. Genom mutatsiyalarining ikkinchi xili aneuploidiya yoki geteroploidiyadir. Bunda xromosomalar to‘plamida qandaydir xromosomaning kamayishi yoki ortishi kuzatiladi. Agar gomolog xromosomalardan bittasi kamaysa monosomiya (2n 1) bitta gomolog xromosoma ortiq bo‘lsa trisomiya (2n+l), gomolog xro- niosomalar soni ikkidan ko‘proq ortsa polisomiya (2n+n) deyiladi. Aneuploidiyalar autosomalarda ham, geterosomalarda ham kuzatilishi mumkin. Aneuploidiyalar meyozda ayrim xromosomalar ajralishi buzilishi natijasida kelib chiqadi. Xromosomalar ajralishi buzilishlari somatik hujayralarda mitozda ham kuzatilishi mumkin. Buning natijasida mozaik (xromosomalar soni har xil) hujayralar hosil bo‘ladi. Xromosoma mutatsiyalari xromosomalarning tuzilishi o‘zga- rishi natijasida kelib chiqadi. Ularni xromosoma aberratsiyatari deb ham ataladi. Bu mutatsiyalarda xromosomalarda genlar soni va lokalizatsiyasi (joylashishi) o‘zgaradi. Ular xromosoma ichi va xromosomalararo mutatsiyalarga bo‘linadi: Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling