2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet44/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Mashg‘ulotning maqsadi.
Odam genetikasi faninig vazif'alari, ahamiyatini, genealogiya va egizaklar usullarini, mohiyatini, ularning amaliyotda qo'llanilishini o'zlashtirish, ahamiyatini o‘rganish.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar.

  1. Mavzuni o‘rganing va quyidagi savollarga javob bering:

  1. Odam genetikasi nimalarni o‘rganadi?

  2. Odam genetikasini o‘rganishda qanday qiyinchiliklarga duch kelamiz?

  3. Odam genetikasini o'rganishning qanday usullari mavjud?

  4. Genealogiya usulining mohiyatini tushuntiring.

  5. Genealogiya usullari bilan nimalarni aniqlash mUmkin?

  6. Genealogiya usuli qanday bosqichlarda o'tkaziladi.

  1. mavzu. Antropogenetika. Odam irsiyatini o'rganisli usulhirl 91

  1. Asosiy irsiylanish tiplari va ularning xarnklerli xusu- siyatlarini aytib bering.

  2. Egizaklar usuli bilan qanday savollarga javob olish imimkin?

  3. Egizaklar zigotaligini qanday usullar bilan aniqlash mumkin?

  4. Dori preparatlari samaraligini aniqlashni qanday tushnnasiz?

  5. Masalalarni yeching va test topshiriqlariga javob toping. Jav0blari.ngi.2ni isbotlang.

O‘quv jihozlari.
Genealogik xaritalar, shajarani tuzishda qo‘llaniladigan simvollar, irsiylanish tiplari aks ettirilgan jadvallar, mantiqiy sxemalar, egi­zaklar konkordantligi va diskordantligi haqida ma’lumotlar.
Mashg‘ulot rejasi.
Odam genetikasi, uning vazifalari muhokama qilinganidan keyin talabalar genealogiya usulininig mohiyati, ahamiyati, amalga oshirish bosqichlarini tushunib oladilar va genealogik xaritalar tuzish, irsiylanish tiplarini aniqlashga oid masalalarni yechadilar. Keyin egizaklar usuli mohiyati, ahamiyati, zigotaligini aniqlash usullari bilan tanishiladi, belgilar va kasalliklarning irsiyligini aniqlashga oid masalalar yechiladi. Talabalar genealogik xaritalarni va masalalarni albomlariga yozib oladilar. Mashg‘ulot oxirida talabalar bilimlari baholanadi va keyingi mashg'ulotga topshiriqlar beriladi.
Vaziyatga doir masalalar.

  1. Ota va ona normal rang ajrata oladigan oilada daltonik o‘g‘il va ikkita normal rang ajratuvchi qizlar tug'ilgan. O‘g‘ildan tug‘ilgan o‘g‘il nevara sog'lom, qizlardan birining o‘g‘li daltonik, qizi esa sog'lom. Ikkinchi qizidan 5 ta o‘g‘il tug‘ilgan, ularning hammasi sog‘lom. Shu ma’lumotlar asosida shajara tuzing.

  2. Proband o‘g‘il — gemofilik, uning ota-onasi sog‘lom. Proband- ning ona tomonidan buvasi gemofilik, buvisi esa sogTom. Probandning ikki qizi va bir o‘g‘li sog‘lom, ikkinchi o‘g‘li esa gemofilik. Otasining oilasida gemofiliya uchramagan. Shu ma’lumotlar asosida avlodlar shajarasini tuzing.

  3. O‘z oilangizda bironta belgini tanlab olib (ko‘z rangi, soch shakli, quloq yumshog‘i joylashishi, tilni nay qilib buka olish va boshqalar) shajara tuzing.

  4. Quyidagi jadvaldagi ma’lumotlar asosida belgining rivoj- lanishida irsiy va muhit rolini aniqlang.

Belgilar

MZC

DZC

Ko‘z rangi

99,5

28

Qosh shakli

100

51

Quloq shakli

98

20

Shizofreniya

67

12,1

Sil

52,8

20,6

Qandli diabet

55(84)

20(37)

Qizamiq

97,4

95,7

Ko‘k yo'tal

97,1

92



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling