2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasm. HLA sistemasi antigenlari genlari kompleksining genetik xaritasi


Download 1.88 Mb.
bet47/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

24- rasm. HLA sistemasi antigenlari genlari kompleksining genetik xaritasi.

Odam populatsiyalarida H1A antigenlarining uchrash chastotasi. ham farqlanadi, bu xususiyatdan antropogenez muammolarini o‘rganishda ham foydalaniladi.


Biokimyoviy usullar. Bu usullardan moddalar almashinuvining buzilishlariga olib keladigan kasalliklarni aniqlashda keng foydalaniladi. Bunday kasalliklar molekular kasalliklar deb ham ataladi. Hozirda 500 dan ortiq molekular kasalliklarni biokimyoviy usullar bilan aniqlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu usulning ustun tomon- laridan biri shundaki, uning yordamida faqat gomozigotali holatdagi belgilarnigina emas, balki geterozigotali holatlarni ham aniqlash mumkin.
Biokimyoviy usullar ancha murakkab bo‘lib, ikkita bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqich — shrining usuli bo‘lib, ko‘p sonli shaxslarda tekshirish o'tkazishga asoslangan. Buning uchun qulay, ko‘p harajat talab qilinmaydigan, tez natija beruvchi ekspress usullardan foydalaniladi (siydik, qon, so‘lak va boshqalar tekshiriladi). Mikrobiologik testlar ham yaxshi natija beradi (masalan, ba’zi bakteriyalar sog‘lom odamlarga qaraganda kasalning qonida, siydigida

yaxshi rivojlanishi mumkin). Skrining tekshirishlar yordamida ko‘p sonli tekshirilganlar orasidan ma’lum kasalikka shubhali bo‘lgan ayrim shaxslar ajratib olinadi.
Ikkinchi bosqichda tanlab olinganlarda shubha qilinayotgan kasallik bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Bu bosqich maxsus laboratoriyalarda, murakkab tadqiqot usullari qo‘llanilib o‘tkaziladi.
Moddalar almashinuvi buzilishining asosiy sababi irsiy axborot tuzilishi o‘zgarishlaridir. Natijada, oqsillar, fermentlar, lipidlar, uglevodlar tuzilishi. ularning faolligi o'zgaradi, moddalar oxirigacha parchalanmaydi, organizm uchun zararli oraliq mahsulotlar hosil bo'ladi.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Sitogenetika, immunogenetika va biokimyoviy usullarning mohiyati, ahamiyati, ularni amalga oshirish usullarini o'zlashtirish, jinsiy xromatinni aniqlash, kariogramma tuzish usullarini amaliy o‘zlashtirish.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshi riqlar.

  1. Mavzuni o‘rganing, quyidagi savollarga javob toping:

  1. Sitogenetika usulining mohiyatini tushuntiring.

  2. Sitogenetik tekshirishlarda qanday obyektlardan foydalaniladi?

  3. Sitogenetika usulining bosqichlarini izohlab bering.

  4. Sitogenetik usulning ahamiyatini aytib bering.

  5. Jinsiy xromatin va uni aniqlashning ahamiyatini bilasizmi?

  6. Immunogenetika usulining mohiyatini tushuntiring.

  7. Immunogenetika usulining ahamiyatini tushuntiring.

  8. Biokimyoviy usul qanday maqsadlarda qo'llaniladi.

  9. Biokimyoviy usulining o‘tkazilish bosqichlarini tushuntiring.

II. Vaziyatga old masalalarni yeching va test topshiriqlarini bajaring. Javobingizni isbotlang.
O‘quv jihozlari.
Odam irsiyatini o‘rganish usullarini ifodalovchi o'quv jadvallari, jinsiy xromatinni aniqlashda foydalaniladigan eritmalar, bo'yash uchun qo'llaniladigan vannachalar, toza shpatellar, buyum oynachalari, mikroskop, immersion moy, filtrlovchi qog'oz, metafaza plastinkalari mikropreparatlari, metafaza plastinkalarining tayyor fotonusxalari, qaychi, yelim, tayyor erkak va ayol kariotiplari fotonusxalari.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling