2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasm. Normal holatda va xromosoma sindromlarida atd burchagi


Download 1.88 Mb.
bet50/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

25- rasm. Normal holatda va
xromosoma sindromlarida atd
burchagi.

1—Patau sindromi; 2—Daun sindromi:

  1. Shereshevskiy-Terner sindromi;


  2. 26- rasm. Barmoq izlarining turlari.

    a—barmoq izlari; b—papillar chiziqlarning joylashish turlarining sxema- tik ifodasi. 1—aylanasimon; 2—sirtmoqsimon; 3—yoysimon.

    3 1
    norma; 5—Klaynfelter sindromi.

Papillar chiziqlar poligen belgi bo‘lib embriogenezning 10-20 haftalari oralig'ida shakllana boshlaydi va 6 oyda batamom shakllanadi, keyin umr bo‘yi ularning shakli o'zgarmaydi. Papillar chiziqlar orasida sirtmoqsimonlari ko'proq uchraydi (60%), yoysimonlari esa
104 II bo'lim. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik
eng kam uchraydi (6%). Papillar chiziq shakllari uchrashi foizlari har xil irqlarda farqlanadi.
Papillar chiziqlar miqdoriy ko'rsatkichi umumiy qirralar soni (UQS.) bilan ifodalanadi. Har bir barmoqda chiziqlar sonini topish uchun deltadan o'rama yoki sirtmoq markazigacha chiziqlar sanab chiqiladi (yoysimon shaklda delta bo‘lmagani uchun chiziqlar sanalmaydi).
Umumiy qirralar soni 10 ta barmoqda hisoblanadi. U erkaklarda o'rtacha 150±50, ayollarda esa 125±50 ga teng.
Dermatoglifikani o'rganish uchun barmoq kaft yoki tovonga tipografiya bo‘yog‘i (boshqa bo'yoqlardan ham foydalanish mumkin) surtilib, keyin qog‘ozga tushiriladi va lupa yordamida o'rganiladi.
Dermatoglifika usuli quyidagi niaqsadlarda qo‘llaniladi: 1. Xro- mosoma sindromlarini aniqlashda yordamchi usul sifatida. 2. Egi- zaklar zigotaligini aniqlashda. 3. Sud tibbiyotida.
Populatsion-statistik usul. Bu usul Xardi-Vaynberg qonuniga asoslangan. Qonun quyidagicha ifodalanadi: Ideal sharoitlarda populatsiyalarda allellar va genoliplar muvozanati avlodlarda deyarli o'zgarmaydi. Ideal sharoitlar: a) mutatsiyalar uchramasligi; b)tanlash ta’siri kuzatilmasligi; d) migratsiya, immigratsiya kuzatilmasligi; e) panmiksiya mavjudligi; f) hamma genotiplarning yashovchanligi va avlod qoldirish imkoniyati bir xilligi d) popu- latsiyaning ko‘p sonliligi.
Hamma ko'rsatilgan sharoitlar ichida eng asosiysi populat- siyaning ko‘p sonliligidir. Odam populatsiyalari asosan ko‘p sonli bo‘lganligi uchun bu qonun odam populatsiyalarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi.
Populatsion-statislik usul quyidagilarga imkon beradi:

  1. Olingan ma’lumotlarni statistik tahlil qilishga.

  2. Populatsiyada allellar va genotiplar chastotasini aniqlashga.

  3. Populatsiyada irsiy belgilarni o'rganishga.

  4. Populatsiyaning genetik strukturasi va genofondini aniqlashga.

  5. Belgining rivojlanishida muhit va irsiyat rolini aniqlashga.

  6. Irsiy moyilligi bo‘lgan kasalliklarni aniqlashga.

  7. Antropogenezning genetik omillarini aniqlashga.

Bu usulni amaliyotda quyidagi bosqichlarda qo'llaniladi:

  1. Populatsiyaning bir qismi ajratib olinadi.

  2. Tibbiyot muassasalari arxivi o‘rganiladi.

  3. Anketalar tarqatib, ma’lumotlar to'planadi.

  4. To'plangan ma’lumotlar statistik tahlil qilinadi.

Statistik tahlil qilishda quyidagi Xardi-Vaynberg tenglama- laridan foydalaniladi:
I. p + q = 1(100%) II. p2 + lpq + q2 =(100%)
Bunda:p-dominant allel chastotasi.
q—retsessiv allel chastotasi.
p2—dominant gomdzigot genotip chastotasi.
2pq—geterozigot genotip chastotasi.
q2—retsessiv gomozigot genotip chastotasi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling