2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Molekular genetik usullar uch xil usuldan iborat


Download 1.88 Mb.
bet51/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Molekular genetik usullar uch xil usuldan iborat:

  1. Sekvenirlash.

  2. DNK zondlari.

  3. Gen daktiloskopijasi (genotiposkopiya).

  1. Sekvenirlash — DNKda nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash usuli. DNK zondlari tayyorlash, genlarni klonlashtirishda, biotex- nologiyada, gen terapiyasida qo‘llaniladi.

  2. DNK zondlari usuli — zondning kasal DNKsi qismi bilan duragaylashishiga asoslangan. Zondlar — mutant genga mos keluvchi, nishonlangan, qisqa nukleotidlar ketma-ketligi. Bu usul quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:

  1. Mutant genning DNKda lokusini aniqlashda.

  2. Gen mutatsiyalariga bog‘liq kasalliklarga tashhis qo‘yishda.

  3. Genlarni xaritalashtirishda.

  4. Genni geterozigot tashuvchilarni aniqlashda.

DNK zondlari usuli quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Kasaldan bir nechta mg DNK olinadi.

  2. DNKni restriktaza yordamida bo‘laklarga ajratiladi.

  3. Bo‘laklarni elektroforez yordamida tartibli joylashtiriladi.

  4. Alohida zanjirlar olish uchun denaturatsiyalanadi.

  5. Fragmentlar membranali filtrlarga joylashtiriladi.

  6. Filtrlarga nishonlangan zond kiritiladi.

  7. Fotoemulsiyani ekspozitsiyalash yordamida duragaylashish joylari aniqlanadi.

Agar o'rganilayotgan DNK qismi zondga komplementar bo‘lsa duragaylashish kuzatiladi. Bu qism izotop ta’sirida nurlanishi natijasida fotoqog‘ozda shu joy qorayib ko'rinadi.
D) Gen daktiloskopiyasi usuli (genotiposkopiya). DNK moleku- lasida o‘zgarmas (konservativ) va o‘ta o'zgaruvchan (gipervariabel) qismlar mavjud. O‘ta o'zgaruvchan nukleotidlar ketma-ketligi genomning juda kichik qismini (1-2%) tashkil qiladi. Shaxslarning irsiy individualligi o‘sha o‘zgaruvchan qismlarga bog‘liq.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling