2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasm. Umurtqalilar bosh miyasining ko‘ndalang kesimlari


Download 1.88 Mb.
bet106/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

51- rasm. Umurtqalilar bosh miyasining ko‘ndalang kesimlari.
a—suyakli baliq; b—elektr balig'i; d—baqa, e—reptiliya; f—qush; g—sut- emizuvchilar. 1—old miya; 2—epifiz; 3—gipofiz; 4—o‘rta miya; 5—miya- cha; 6—uzunchoq miya; 7—oraliq miya; 8—mantiya (tom); 9—targ‘il tanachalar.

miyaning murakkablashishi ularning keng tarqalishiga, muhitning turli sharoitlariga moslashishiga olib kelgan.


Sutemizuvchilarning bosh miyasi mammal tipda tuzilgan bo‘lib, unda bosh miya yarim sharlari yetakchi ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yarim sharlar miya tomining po‘stlog‘i (oliy nerv sistemasi) liisobiga rivojlanadi.
Po'stloqdagi egatchalar va burmalar uning sathini kengaytirish vazifasini o'taydi.
Yuqori sutemizuvchilarda miya faoliyatining asimmetriyasini ko'rsatish mumkin: o‘ng yarim shar obrazli tafakkurga, chap yarim sharlar esa abstrakt tafakkurga javob beradi. Odam chap yarim sharlarida og‘zaki va yozma nutq markazlari joylashgan.
Miya bo'limlari uchta miya pufagi davridayoq sezgi a’zolari ta’sirida shakllanadi: hid bilish — oldi miya pufagining progressiv rivojlanishiga, ko'rish a’zosi — o'rta miya pufagining ko‘rish do‘mboqchasi rivojlanishiga olib keladi. Eshitish va muvozanat a’zolari keyingi miya pufagi takomillashuvini belgilab, undan harakat koordinatsiyasini boshqaruvchi miyacha hosil bo‘ladi.
Baliqlarda sezgi a’zolaridan hid bilish, eshitish (faqat ichki quloq), ko‘rish (ko'zida qovoqlar bo‘lmaydi) va baliqlar uchun xos bo‘lgan yon chiziq rivojlangan.
Amfibiyalarning sezgi a’zolari ko'proq quruqlikda yashashga moslashgan. Ularda ham hid bilish, ko'rish vaeshitish a’zolari rivojlanib, ko‘z soqqasi baliqnikidan farqli — yumaloq (uzoqni ko‘radi), qovoqlar (hatto uchinchi qovoq ham) bo'lib, ko‘zni qurib qolishdan saqlaydi. Amfibiyalarda ichki quloqdan tashqari quruqlikka moslashgan o'rta quloq ham rivojlanadi. Nog'ora bo'shlig'ida eshitish suyakchasi — uzangi va Yevstaxiy nayi rivojlangan.
Reptiliyalar va qushlarning sezgi a’zolari amfibiyalarnikiga o'xshaydi. Lekin qushlarda ko'rish analizatori juda yaxshi takomil topgan.
Sutemizuvchilarda eshitish a’zosi yetakchi ahamiyatga ega. Tashqi quloq suprasi, yo'li shakllanadi. Eshitish suyakchalari soni uchtaga yetadi. (52- rasm).
Shunday qilib, nerv sislentasining evolutsiyasi tashqi muhitga, sezgi organlarga bog‘liq ravislida kechadi. Evolutsiya jarayonida miyaning oliy boshqaruvchi markazlari uning oldingi qismi tomon siljiydi va kulrang moddaning miqdori tobora ortib boradi. Sezgi organlarning evolutsiyasi ham yashash muhitiga bog'liq ravishda rivojlanadi va o‘z navbatida. nerv sistemasi takomiliga bog‘liq bo‘ladi.
Mashg'ulotning maqsadi.
Umurtqalilarning endokrin, nerv, jinsiy sistemalari solishtirma rivojlanishi va takomillashuv jarayonlarini aniqlash, bu sistemalardagi evolutsiya mobaynida hosil bo'lgan moslama xususiyatlarini aniqlash va ularni izohlash, o'rganilgan sistemalarda uchraydigan odamdagi ayrim anomaliyalar bilan tanishish.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqiar.

  1. Mavzuni o‘rganing, quyidagi savollarga javob toping:

  1. Gipotalamus — gipofizar nerv sistemasi, uning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

  2. Rilizing-faktor yoki liberinlar nima?


b d


f



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling