2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
Yadrocha. Elektron mikroskop orqali tekshirilganda yadro- chaning ipsimon va donador qismlardan tashkil topganligini ko‘rish mumkin (4- rasm). Ipsimon qism yirik boshlang‘ich RNK moleku- lalari bilan oqsil komplekslaridan tashkil topgan. Yetilish jarayonida fibrillalar ribonukleoproteid donalarga aylanib, donador qismni tashkil qiladi. Ribonukleoproteidlar preribosomalar bo‘lib, sito- plazmada ribosomalarni hosil qiladi.
Yadrochada ribosoma RNKsi (rRNK)ning sintezi, yetilishi va oqsillar bilan birlashishi sodir bo'ladi. rRNK genlari xromosomalarning ma’lum qismlariga joylashgan bo‘lib, yadrocha hosil qiluvchilar deyiladi. Karioplazma yadroning matriksi bo'Iib, unda liar xil struk- turaviy, regulator oqsillar, fermentlar mavjud. Hujayrada axborot oqimi. Axborot oqimi hujayraning asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bunda irsiy axborot yadrodan sitoplazmaga, DNKdan ribosomalarga yo‘naladi. Axborot oqimida yadro apparati (xromosomalar, DNK, iRNKlar) va sitoplazma apparati (ribosomalar, tRNK, rRNK, fermentlar, aminokislotalar qatnashadi). Axborot oqimi genetik kod asosida amalga oshiriladi. Genetik kod bu irsiy axborotning nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma- ketligida tripletlar sifatida yozilishidir. Axborot oqimi jarayonida oqsil biosintezi amalga oshiriladi. Oqsil biosintezining birinchi etapi transkripsiya bo'Iib, bunda irsiy axborot DNKdan iRNKga ko'chiriladi. Dastlab sintezlangan iRNK (pre- iRNK) tarkibida axborot saqlamaydigan (intron) va axborot saqlovchi (ekzon) qismlari mavjud va u funksional yetil- magan bo'ladi. Pre- iRNK ning yetilish jarayonida (protsessing) intronlar fermentlar yordamida uzib tashlanib, ekzonlar qayta ulanadi (splaysing). Shundan keyin yetuk iRNK sitoplazmaga chiqaziladi. Oqsil biosintezining ikkinchi etapi translatsiya deyiladi. Bu jarayon ribosomalarda kechadi. Bunda iRNK ribosomaning kichik va katta birliklari orasiga joylashadi. Ribosomaning A (aminokislota) qisiniga aminokislota +tRNK kompleksi birikadi. Agar tRNK antikodoni iRNK kodoniga komplementar bo'lsa aminokislota ribosomaning P(peptid) qismida peptid tarkibiga ulanadi, ribosoma keyingi tripletga joyini o'zgartiradi. Shunday qilib translatsiya jarayonida axborot nukleotidlar kodidan oqsil molekulalaridagi aminokislotalar kodiga ag‘dariladi (4- jadval). Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling