2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Trixinella (Trixinella spiralis) — trixinellez qo‘zg‘atuvchisi


Download 1.88 Mb.
bet146/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Trixinella (Trixinella spiralis) — trixinellez qo‘zg‘atuvchisi.
Parazitning у ashash joyi. Yetuk shakllari — odamning ingichka ichagida, lichinkalari — ko'ndalang targ‘il mushaklarda.
Geografik tarqalishi. Sporadik holatlari hamma joylarda uch- raydi, tabiiy-manbali antropozoonoz.
Morfologiyasi. Mayda biogelmintlarga kiradi. Urg‘ochisining uzunligi 3-4 mm. Erkagining uzunligi 1,5—2 mm dan oshmaydi. Urg‘ochilarining jinsiy naychalari toq bo‘lishi va tirik lichinkalar tug'ishi trixinellalarning xarakterli xususiyatlaridir.
Hayot sikli. Lichinkalari ham, yetuk shakllari ham bir organizmda rivojlanadi. Trixinellalarning xo‘jayinlari hayvonlar va odamlar hisoblanadi (82- rasm).
Odamga trixinellez bilan kasallangan hayvonlar go‘shtini iste’mol qilganda yuqadi. Parazitlarning asosiy manbalari yowoyi go‘shtxo‘r hayvonlar va cho‘chqalar hisoblanadi. Invazion bosqichi qobiqga o‘ralgan lichinkalardir. Odam ichagida lichinkalarning qobig‘i erib ketadi va 2-3 kundan keyin yetuk shaklga aylanadi. Otalanganidan keyin tirik lichinkalarni tug‘adi. Lichinkalar qon tomirlari orqali ko‘ndalang-targ‘il mushaklarga boradi (ko'proq deltasimon, qovurg'alararo, chaynash, ikrasimon mushaklarga, diafragmaga). Mushaklarda lichinkalar qobiqqa o‘raladi, so'ngra qobiqda ohak moddasi to‘planadi. Shunday holatla lichinkalar 20-25 yilgacha tirik saqlanadi. Boshqa organizmga tushganidan keyin yuqorida ko‘rsatilgan sikl yana qaytariladi.
Trixinellezning tarqalishida o‘limtiklar bilan ovqatlanuvchi hashoratlar katta rol o‘ynaydi. Odam trixinellez tarqalishida boshi berk yo‘l hisoblanadi.
Patogen ta’siri. Trixinellezda allergik reaksiyalar kuzatiladi, mushaklar faoliyati buziladi, harorat ko‘tariladi.


82- гант. Trixinella.
а—urg‘ochisi; b—erkagi; d—nninhak tolasida qobiqqa o‘ralgan lichinka; e—tabiatda asosiy aylanish yo‘li.

Laboratoriya tashhisi. Anamnez (kasallardan so‘rab ma’lumotlar yig‘ish) ma’lumotlari, biopsiya, immunologik, allergologik tekshi- rishlar asosida tashhis qo'yiladi.
Profilaktikasi. Shaxsiy profilaktika — veterinar nazoratidan o‘tmagan go‘shtni iste’mol qilmaslik. Jamoat profilaktikasi — cho‘chqalar va boshqa hayvonlar go‘shtlarini veterinayariya- sanitariya ekspertizasini to‘g‘ri yo'lga qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Zararlangan go‘shtni har qancha qaynatganda ham lichinkalar o'lmaydi. Zararlangan go‘sht yo‘qotiladi yoki texnik maqsadlarda ishlatiladi.
Rishta (Dracunculus medinensis)
Rishta (Dracunculus medinensis) — drakunkulez qo‘zg‘atuvchisi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling