2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet161/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Mavzuning mazmuni.
Burgalar ( Aphaniptera) turkumi.
Burgalar qanotsiz qon so‘ruvchi ektoparazitlardir. Ular hamjna joyda tarqalgan. Bosh qismida mo‘ylovlari, oddiy ko‘zlari, sanchib- so'ruvchi og‘iz apparati mavjud. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Orqa juft oyoqlari kuchli taraqqiy etgan (91- rasm).
Burgalar to'liq metamorfoz yo‘li bilan rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar organik moddalarga boy joylarda rivojlanib, g'umbakka aylanadi. G‘umbak esa yetuk shaklga aylanadi. Burgalar nospetsifik parazitlardir. Har bir tur ma’lum xo‘jajinda yashasa ham, qon so'rish ucliun bir issiqqonli hayvondan ikkinchisiga bemalol o‘taveradi.
Burgalar odam kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchilari va ektoparazitlar sifatida tibbiyot ahamiyatiga egadir.

2


I


1


91- rasm. A. Odam burgasi. 1—bosh; 2—ko'krak; 3—qorin; 4—oyoq;
5—nafas olish teshigi; 6—ko‘z.
B. Odam burgasi taraqqiyoti. 1—luxum; 2—lichinka; 3—g'umbak;
4—lichinkaning keyingi qismi.






Odam burgasi (Pulex irrilans) — o‘lat va tularemiya qo‘zg‘a- tuvchilarining tashuvchisi.
Odamda parazitlik qiladi, boshqa issiqqonli hayvonlarda ham parazitlik qilishi mumkin, tuxumlarini pol yoriqlariga, eski gilamlar, kigizlarga, quruq axlat to‘plangan joylarga qo‘yadi.
Burgalar ektoparazitlardir. Lekin ularning tibbiyotdagi asosiy ahamiyati og‘ir yuqumli kasalliklar — o‘lat va tularemiya qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchiligidir.
O‘lat asosan burga chaqishi paytida yuqadi. O‘lat bakteriyalari burga hazm nayida juda tez ko‘payib, ,,o‘lat tiqinlari“ni hosil qiladi. Burga qon so‘rayotganida ichagidan qon o‘tmay qolganligi uchun chaqayotgan joyga qusishga majbur bo‘ladi va bakteriyalarni xo‘jayinga yuqtiradi. Burganing axlati orqali chiqqan bakteriyalar teridagi yaraga yoki tirnalgan joylarga tushishi natijasida ham kasallik qo‘zg‘atuvchilar yuqishi mumkin.
Burgalarga qarshi kurashish umumiy sanitariya-gigiyena qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi: xonalar ho‘llab tozalanadi, burgalar ko‘payadigan joylar (pol yoriqlari, teshiklari) bekitiladi. Dala sharoitida kemiruchilar zaharli ximikatlar yordamida yo‘qotiladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling