89- rasm. O‘rin-ko‘rpa qandalasi.
1—qandala; 2—qandala tuxumi;
3—og‘iz apparati.
Bitlar ( Anoplura) turkumi
Bitlar odamlar va hayvonlarning qanotsiz qon so'ruvchi ektoparazitlaridir. Bitlarning 200 dan ortiq turlari ma’lum. Bitlar uchun xo‘jayinlarga nisbatan spetsifiklik ma’lum. Ular bir turga mansub xo‘jayindan boshqa turga mansub xo‘jayinga o‘tmaydilar.
Odamda bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus vestimenti) va qov biti (Phthirus pubis) parazitlik qiladi. Bosh biti va kiyim-kechak bitlarini ba’zi mutaxassislar bir tur — odam biti (Pediculus humanis)ning kenja turlari deb hisoblashadi (90- rasm).
Bitlar odamning doimiy ektoparazitlari hisoblanadi. Ular bir- biridan yashash joyi, morfologik va fiziologik xususiyatlari bilan farqlanadi. Eng yirik bitlar (4,5-5 mm gacha) kiyim biti, eng mayda bitlarga esa qov biti kiradi (o‘lchami 1,5 mm). Ular 30 kundan (qov biti) 50 kungacha (kiyim biti) yashaydilar. Bosh biti va kiyim biti butun hayoti davomida 300 ga yaqin, qov biti esa 50 taga yaqin tuxum qo'yadi. To‘liqmas metamorfoz yo‘li bilan ko'payadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar, bir necha marta tullab imagoga aylanadi.
Bitlarning tibbiyotdagi ahamiyatU Ektoparazitlik (pedikulez)dan tashqari bosh biti va kiyim bitlari qaytalama va toshmali terlamalar qo‘zg‘atuvchilarining spetsifik tashuvchilari hisoblanadi. Kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining odamga yuqishi kontaminativ yo‘l bilan
kasallikni
90- rasm. Odam bitlari.
a—bosh biti er- kagi; b—urg‘ochi- si; d—bosh biti tuxumi; e—kiyim biti erkagi; f—kiyim biti tuxumi; g—qov biti;
h—qov biti tu-
xumi. 1—tuxum;
qopqoqchasi;
yopishtiruvchi
modda.
Bitlar qo‘zg‘atuvchilar bo‘lmaydi. Toshmali terlama
chaqib yuqtirmaydi, chunki
amalga oshiriladi. ularning so‘lagida qo‘zg‘atuvchilari (rikketsiyalar) bitlar ichagidan axlati bilan odam terisiga chiqariladi. Hashoratning axlatini chaqish natijasida hosil bo‘lgan yaralarga yoki tirnalgan joylarga surtilishi natijasida kasallik qo‘zg‘atuvchi rikketsiyalar odamga yuqadi.
Qaytalama terlama qo‘zg‘atuvchilari (spiroxetalar) bitning gemolimfasida yashaydi. Bitlar ezib yuborilganda gemolimfa yaralarga va tirnalgan joylarga tushishi natijasida spiroxetalar odamga yuqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |