2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Ikki qanotlilar (Diptera) turkumi


Download 1.88 Mb.
bet162/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Ikki qanotlilar (Diptera) turkumi.
Deyarli hamma joylarda tarqalgan. Turkum vakillarida bir juft qanot mavjud, qanotlarining ikkinchi jufti reduksiyalangan. Turkum vakillari orasida infeksion va parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchi- larining mexanik va spetsifik tashuvchilari ko‘p.
Chivinlar, pashshalar, iskabtoparlar oilalari tibbiyot ahamiyatiga ega.
Chivinlar (Culicidae) oilasi
Sahrolar va eng yuqori Shimoldan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Anopheles, Kuleks va Aedes avlodlariga kiruvchi chivinlar ko'proq tarqalgan.
Chivinlar yirik fasetkali (murakkab) ko'zlarga ega, urg‘o- chilarining og'iz apparati sanchib-so'ruvchi tipda tuzilgan, qon bilan ovqatlanadi. Erkagining og‘iz apparati so'ruvchi tipda tuzilgan, o‘simliklar nektari bilan ovqatlanadi. Chivinlar to‘liq metamorfoz (tuxum, lichinka, g‘umbak, imago) yo‘li bilan rivolanadi.
Tuxumlarini suvga yoki nam tuproqqa qo'yadi. Lichinkalari mayda zarrachalarni yutib oziqlanadi, traxeyalari bilan nafas oladi. G‘umbaklar oziqlanmaydi. Otalangandan keyin tuxumlar rivojlanishi uchun chivinlar qon so'radi. Tuxumlar yetilishi uchun 2-3 kun vaqt ketadi (gonotrofik sikl). Chivinlar turiga, iqlim omillariga qarab yoz mobaynida bir ( monotsiklik) yoki bir nechta (politsiklik) gonotrofik sikl kuzatilishi mumkin.
Urg‘ochilari 3 oygacha, erkaklari esa 10-15 kungacha yashashi mumkin. Anofeles va Kuleks chivinlari imago bosqichida, Aedes chivinlari esa tuxum bosqichida qishlaydi.
Har xil turdagi chivinlarning biologiyasi hamma rivojlanish bosqichlarida farqlanadi (92- rasm).



92- rasm. Bezgak va oddiy aedes chivinlarining asosiy farqlovchi belgilari.
1—anofeles tuxumlarida havo pufaklari mavjudligi; 2—lichinkalar nafas teshiklari; 3—g'umbaklarning nafas naychalari; 4—mo'ylovchalari (antennalari); 5—pastki jag* paypaslagichlari; 6—xartum; 7—ko‘zi;
8—ko'krak bo'limi; 9—qorini.

Tuxumi shakli va tuxum qo'yishi bo'yicha farqlari. Anofeles avlodiga kiruvchi chivinlar tuxumlarining toza, oqmas yoki juda sekin oquvchi suvlarga qo‘yadi. Tuxumlari havo kameralariga ega, yakka-yakka suzib yuradi. Kuleks chivinlari tuxumlarini to‘plab qo‘yadi, ular qayiqchaga o'xshab suzib yuradi. Aedes chivinlari tuxumlarini bittadan, qurib qolayotgan suv havzalariga qo‘yadi. Kuleks va Aedes chivinlari tuxum qo'yishida suv tozaligining ahamiyati yo‘q.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling