(I- mavzu. Monogibrid va poligibrid chatishtirishda belgilarning nasklan naslga o’tishi 51 Hozirgi zamon fanida bu tushuncha gen ma’nosini anglatadi. Bir juft belgi genlari bir xil harf bilan dominant belgi geni katta, retsessiv belgi geni esa kichik harf bilan belgilanadi. Bizning tajribamizdagi sariq belgini yuzaga chiqaruvchi gen A harfi bilan, yashil rang geni a harfi bilan belgilanadi. Bir-birini inkor etuvchi belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar — allel. genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning bir xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalardan tashkil topadi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv — Aa) tashkil topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi.
Duragaylash natijasini sxematik ko‘rinishda yozish qabul qilingan. Tajriba uchun olingan shakllarni P harfi bilan (lotincha parentes — ota-ona), birinchi avlodni F,, ikkinchi avlodni F2 (lotincha filii — bolalar) harflari bilan belgi lasli qabul qilingan. Erkak organizm <3, urg‘ochi organizm esa у belgilari bilan belgilanadi. Chatishtirish X belgisi bilan ifodalanadi. Awal ona organizmi genotipi, keyin ota organizmi genotipi yoziladi. Slinnday qilib birinchi qatorga ota-ona genotiplari, ikkinchi qatorga hosil bo'ladigan gametalar, uchinchi qatorga esa birinchi avlod genotiplari yoziladi.
Yuqoridagi tajribani quyidagicha ilodalash murnkin:
Belgi
|
Gen
|
Genotip
|
No'xatlar
|
|
|
ranglari
|
|
|
sariq
|
A
|
AA,Aa
|
yashil
|
a
|
aa
|
Natijada, fenotipi jihatidan 4A (100%) sariq, genotipi jihatidan 4Aa (100%) geterozigotali avlod kelib chiqadi.
Birinchi avlod duragaylari o'zaro chatishtirilganda ikkinchi avlodda ham dominant, ham retsessiv belgilarning namoyon bo‘lganligini ko'ramiz, ya’ni belgilar ajralishi kuzatiladi. Bu tajribani quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |