2. Parametrlarning mustaqil o’zgarishlari. Parametrlarni va himoya usullarini tanlash
Parametrlarni va himoya usullarini tanlash
Download 75.43 Kb.
|
Boshqarish parametrlari va avtomatlashtirish vositalarini tanlas
Parametrlarni va himoya usullarini tanlash.
Operativ — texnologik xodimlar signallash qurilmalari noxush hodisalar haqida xabar qilganda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko'rishi kerak. Agar bu choralar samarali boim asa va BTO holatini ifodalovchi parametr avariya qiymatiga yaqinlashayotgan boisa, avariyaga qarshi himoya (AQH) tizimi ishga tushishi kerak, ular avtomatik ravishda berilgan dasturga ko‘ra moddiy va energetik oqimlarni taqsimlaydi, portlash, avariya, baxtsiz hodisa, ko‘p miqdorda brak chiqarish xavfming oldini olish maqsadida apparatlami ulaydi va uzadi. Bunda BTO xavfsiz holatga o‘tkazilishi, hatto to‘xtatib qo‘yilishi kerak. Ishchi holatga texnologik shaxs tomonidan qayta o‘tkaziladi. Amalga oshiriladigan himoya usullari majmuasi TBO ning xususiyatlaridan kelib chiqib, avariya holatlarini va BTO ning portlash xavfi toifalarini tahlil qilib ishlab chiqiladi: portlash xavfi 1 toifali bloklari boigan BTO lar uchun vaziyatni hisoblash texnikasi vositalari bilan qo‘shimcha modellash zarur. Bunda, bir tom ondan, qoilanilayotgan avtomatik usullar vujudga kelgan kritik vaziyatni to ia yo‘qotishi kerak, ikkinchi tomondan — himoya qurilmalari aralashuvining oqibatlari minimal boiishi kerak. Masalan, biror modda konsentratsiyasi xavfli qiymatga yetganda mazkur modda uzatiladigan magistral yopilishi va avariya ventilatsiya tizimi ishga tushirilishi kerak; bosim chegaraviy qiymatidan oshganda saqlagich klapan ishga tushishi kerak va hokazo. AQH tizimining asosiy vazifalaridan biri — BTO portlash xavfi darajasini maksimal kamaytirishdir, shu jumladan qurilma ichida portlash va yonginlarning oldini olishdir; qurilmani buzilishdan himoya qilish va avariyaviy germetikligi buzilganda undan atmosferaga yonilgi moddalarning chiqishini maksimal cheklash, ishlab chiqarish binolarida, inshootlarida va tashqi qurilmalarda boiishi mumkin boigan portlash va yonginlarni bartaraf qilish. Uskunalarning qiymatlari va AQH tizimlarining ishlab ketish vaqti BTOning yongin va portlash xavfi toifasini hisobga olgan holda belgilanadi, parametrlaming o‘zgarish tezligini, sezgir elementning aniqlik sinfini va AQH tizimining tezkor ishlashini hisobga olgan holda belgilanadi. Normal rejimdan chetlanishida yongin va portlash xavfi tug‘diradigan aralashmalar paydo boiishi mumkin boigan BTO lar ularda portlash xavfini keltirib chiqaradigan aralashmalarning paydo boiishini yo‘qotadigan yoki oldini oladigan inert gazlami uzatish tizimlari bilan ta’minlanadi. Portlash xavfi I toifaga ega bloklari boigan ishlab chiqarishlar uchun inert gazni avtomatik boshqaradigan qurilmalar ko‘zda tutiladi, I I va III toifalarida esa masofadan turib boshqariladigan qurilmalar, energetik potensiallarining nisbiy qiymatlari 10 dan kichik boiganda esa joyiga ko‘ra qoida boshqarishga ruxsat etiladi. AQH tizimi manbai uzilgan holda BTO ni xavfsiz holatga o ‘tkazish kerak. Manba ulanganda AQH tizimida ishlab chiqarish uzib - ulashlar boiishiga y o i qo‘ymaslik kerak. AQH tizimida to‘suvchi (deblokirovka) kalitlari faqat ishga tushirish, to‘xtatish va qayta ulashni ta’minlash uchungina ruxsat etiladi. Bunda himoya qilish parametrlarini uzib qo‘yish vaqtini va sonini qayd qiluvchi qurilma nazarda tutilishi kerak. Download 75.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling