2. Pensiya jamg‟armasi mablag‟larini boshqarish amaliyoti O„zbekistonda pensiya tizimini boshqarishning amaldagi holati tahlili


Download 16.58 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi16.58 Kb.
#1036666
  1   2   3   4
Bog'liq
Pensiya jamg„armasi moliyaviy resurslarini boshqarish va moliyaviy barqarorligini ta‟minlash


Pensiya jamg„armasi moliyaviy resurslarini boshqarish va moliyaviy barqarorligini ta‟minlash
Reja:
1. O„zbekistonda pensiya tizimini boshqarishning amaldagi holati tahlili
2. Pensiya jamg‟armasi mablag‟larini boshqarish amaliyoti
1. O„zbekistonda pensiya tizimini boshqarishning amaldagi holati tahlili
Bugungi kunda eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri – aholining turmush darajasini oshirish bo‗lib turibdi. Buni hal qilishning asosiy yo‗llaridan biri esa pensiyaga chiqqan fuqarolarning yaxshi yashashlariga imkon beradigan pensiya ta‘minoti bo‗ladi. Pensiya tizimini tuzishdan maqsad - keksa fuqarolar yaxshi yashashi uchun davlatning xayriya qilishi emas, balki inson keksayganda uning to‗kin yashashiga imkon beradigan pensiya tizimini moliyalashtirish usulini o‗ylab topish, ijtimoiy adolatni ta‘minlash bo‗ladi. Turli davlatlarda bu maqsadga erishish yo‗llari bir-biridan farq qiladi. «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunida davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanishi ko‗rsatilgan. Murojaatlar og‗zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‗lishi mumkin. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida ifodalanadi. Ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‗rsatish to‗g‗risidagi iltimos bayon etilgan murojaat deb ko‗rsatiladi. Fuqaro pensiya tayinlashni so‗rab pensiya olish huquqi paydo bo‗lgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etishi mumkin. Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya so‗rab murojaat etilgan kun hisoblanadi. Quyidagi rasmda Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolar soni va prognoz ma‘lumotlari ko‗rsatilgan. Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‗lganidan so‗ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so‗rab murojaat etishlari mumkin79.Fuqaroning yashash joyi - turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolg‗iz keksalar uchun maxsus uy, nogironlar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi, ijara shartnomasi yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‗yicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy ro‗yxatdan o‗tgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud bo‗lmagan (doimiy ro‗yxatdan o‗tmagan) taqdirda - vaqtincha yashash (vaqtincha ro‗yxatdan o‗tish) joyidir.Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Pensiya jamg‗armasi bo‗limi qo‗shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini tashkilot ma‘muriyatiga yoki ariza beruvchiga ma‘lum qiladi.

Download 16.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling