2. Pensiya jamg‟armasi mablag‟larini boshqarish amaliyoti O„zbekistonda pensiya tizimini boshqarishning amaldagi holati tahlili


-rasm. Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolar soni va prognoz ma‟lumotlari (2011-2024y.y)80


Download 16.58 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi16.58 Kb.
#1036666
1   2   3   4
Bog'liq
Pensiya jamg„armasi moliyaviy resurslarini boshqarish va moliyaviy barqarorligini ta‟minlash

1.-rasm. Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolar soni va prognoz ma‟lumotlari (2011-2024y.y)80 Agar ular qo‗shimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to‗g‗risida xabarnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to‗g‗risidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun shubha paydo bo‗lgan taqdirda Pensiya jamg‗armasi bo‗limi pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to‗g‗risida qaror chiqarishi mumkin. Ariza81 yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‗lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e‘tiboran o‗n besh kun ichida, qo‗shimcha o‗rganish va (yoki) tekshirish, qo‗shimcha hujjatlarni so‗rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‗lgan muddatda ko‗rib chiqiladi. Ariza va shikoyatlarni ko‗rib chiqish uchun tekshirish o‗tkazish, qo‗shimcha materiallar so‗rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‗rish zarur bo‗lgan hollarda, ularni ko‗rib chiqish muddatlari tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‗i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi. Davlat pensiyalarni hisoblash, tayinlash va xisoblanishini tashkil etishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisoblanishi uchun) hujjatlarni o‗z vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz ma‘lumotlari bo‗lgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga etkazilgan zarar uchun uning oldida qonun hujjatlarida belgilanganidek javobgar bo‗ladilar. Korxona, muassasa yoki pensioner tomonidan ma‘lumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilishi oqibatida davlatga zarar etkazilgan taqdirda, etkazilgan zarar O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga to‗lanadi.Pensiyalarni qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi: pensioner pensiya miqdoriga ta‘sir ko‗rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‗lgan ish staji va ish haqi to‗g‗risidagi hamda boshqa) qo‗shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda; nogironlik guruhi o‗zgarganda; boquvchisini yo‗qotganlik pensiyasi oladigan oila a‘zolari soni o‗zgarganda; eng kam oylik ish haqi miqdorlari o‗zgargan taqdirda; daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‗lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‗lgan fuqarolarga ularning o‗zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. Bunday pensiyalarni qayta hisoblash keyingi oyning 1 sanasidan ko‗rib chiqiladi.

Download 16.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling