2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot funksiyalarini amalga oshirish Xarid logistikasida «ishlab-chiqarish yoki xarid qilish»


Rasm. Bozor talabini qondirishning ikki varianti


Download 111 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi111 Kb.
#1567058
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1503048802 68986

Rasm. Bozor talabini qondirishning ikki varianti.
a) «aniq muddatga» tizimi bo‘yicha yetkazish sxemasi

b) moddiy resurslar bilan ta’minlashning oddiy sxemasi


Ushbu tizimning odatdagi ta’minotdan prinsipial farqi 4.4-rasmda ko‘rsatilgan.






rasm. Oddiy ta’minot bilan «aniq muddatga» tizimi bo‘yicha ta’minot sxemalarining taqqoslama tavsifi.
Shunday qilib, «aniq muddatga» yetkazish tizimi – bu ehtiyot qismlar yoki tovar-larni, ishlab-chiqarish uchun ishlatiladigan joyga yoki savdo korxonasida sotish vaq-tiga, talab qilingan miqdorda va kerak bo‘lgan vaqtda, ishlab-chiqarish va yetkazib be-rish tizimidir.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iste’molchida sifat nazorati yo‘q. Demak, bu ishni yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga olishi lozim. Bunday sharoitlarda yetkaziladigan par-tiyada sifatsiz mahsulot bo‘lishi mumkin emas.
Yetkazib beruvchi va xaridor orasidagi, «aniq muddatga» tizimini qo‘llash imko-nini beruvchi munosabatlar uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari va shartnomalar asosi-da barpo etiladi. Shundagina barcha masalalar bo‘yicha ikkala tomonni ham qoniqti-radigan yechimlarni topish mumkin.
«Aniq muddatga» tizimi yetkazib beruvchilarni, oddiy ta’minot sharoitidagiga nisbatan, kamroq zaxira bilan ishlashini ko‘zda tutadi. Demak, logistik jarayonning barcha ishtirokchilariga qo‘yilgan talab yanada kuchayadi, shu jumladan transportchi-larga ham. Shuning uchun ham oddiy sharoitda tashuvchi tanlayotganda asosiy e’tibor tashish narxiga qaratilsa, «aniq muddatga» tizimida tashuvchini belgilangan mud-datga yetkazib bera olish kafolatiga e’tibor beriladi.
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash ishlab-chiqarish va tovar zaxiralarini kes-kin kamaytirishga imkon yaratib, ombor quvvatlari va xodimlariga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda bu tizim quyidagi sxema-larning biri bo‘yicha amalga oshadi:

  • Chakana savdo korxonasi ombori – do‘kon

  • Ulgurji savdo korxonasi ombori – do‘kon

  • Xo‘jalik xo‘jaligi – do‘kon

«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash juda ham mashaqqatli ishdir. Uni qo‘llash-dan oldin, «aniq muddatga» tizimi uslubi bo‘yicha ishlash eng katta samara berishi mumkin bo‘lgan ahamiyatli pozitsiyalarni aniqlash maqsadida, yetkazib berilayotgan to-var yoki ishlab-chiqarish resurslari assortimentini differensiatsiyalash kerak. Differensiatsiya quroli sifatida turli tahlil usullarini qo‘llash mumkin.
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan olinadigan asosiy samarani quyidagicha ifodalasak bo‘ladi:
yetkazib berishlarning texnologik zanjiridagi bir qator operatsiyalar chiqa-rib tashlanadi;
joriy zaxiralar kamayadi, chunki mehnat buyumlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sexga yoki do‘konga borib tushadi;
yaxshi ma’lum bo‘lgan yetkazib beruvchilar va tashuvchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatilishi hisobiga yetkazib berishlarning ishonchliligi oshadi, bu esa sug‘urta xarajatlari kamayishiga olib keladi;
yaqin masofada joylashgan yoki omborlari mavjud yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida yo‘l xarajatlari ham kamayadi;
mahsuloti sertifikatlangan yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida, mahsulot sifati ham oshadi;
«aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan ikki tomonlama manfaat ko‘zlanadi, bu esa yetkazishlar ishonchliligining oshishiga olib keladi.
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash oldida turgan ayrim muammolarga ham to‘xtalib o‘tish lozim.
Iste’molchining sifatga bo‘lgan talablari, yetkazib beruvchi xarajatlari-ning oshishiga olib kelishi mumkin.
Iste’molchining yiroqligi, kichik partiyalarni tez-tez tashib turilishi yetka-zib beruvchi uchun foydasiz bo‘lishi mumkin.
Yetkazish muddatlari jadvali, «aniq muddatga» tizimida mahsulotlar ularga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina olib kelinadi, yetkazib beruvchi uchun esa yagona bir jad-val bo‘yicha (belgilangan vaqt va hajmda) yetkazish qulayroq.
Yetkazishlar hajmi va davriyligi. Yetkazib beruvchi va iste’molchi uchun ushbu ikkita parametr bir-biridan farqli o‘lchamlarda foydali bo‘lishi mumkin.
Mavzu yakunida «aniq muddatga» tizimini loyihalash va kiritish jarayonida yechilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalarni sanab o‘tamiz.


  1. Download 111 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling