2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot funksiyalarini amalga oshirish Xarid logistikasida «ishlab-chiqarish yoki xarid qilish»
Download 111 Kb.
|
1503048802 68986
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm. Bozor talabiga qarab amal qiluvchi logistik tizim
6.Tez amal qilish uslubi
Tez amal qilish uslubi «aniq muddatga» tizimining rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan. Bu uslub – chakana savdo korxonalariga va taqsimot markazlariga mah-sulot yetkazib berishlarni rejalashtirish va tartibga solish uslublarini o‘z ichiga oladi. Uning asosida esa, savdo korxonasi, uning yetkazib beruvchisi va transport o‘r-tasidagi logistik o‘zaro aloqa yotadi. Uslub mazmuni uning nomida aks ettirilgan: bozorda paydo bo‘lgan talabga qarab logistik tizimning tez amal qilishi (rasm). Rasm. Bozor talabiga qarab amal qiluvchi logistik tizim Agarda yetkazib beruvchi ishlab-chiqarish korxonasi bo‘lsa, u operativ tarzda o‘z ishlab-chiqarishini, yangi mahsulot chiqarish maqsadida, qaytadan tashkil etishi lo-zim. Yetkazib beruvchi bozordagi real talab xaqidagi axborotni tezda olish imkoniya-tiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab-chiqaruvchi korxonadan savdo korxonasiga biror-bir mahsulot, o‘sha mah-sulotga real ehtiyoj paydo bo‘lishi extimoli yuqori bo‘lgandagina yetkazib beriladi. Buyurtmani topshirish va mahsulotni yetkazish hech qanday tutilishsiz amalga oshishi kerak. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonani oladigan bo‘lsak, u o‘z ishlab-chiqarishini tezda bir mahsulotdan ikkinchi mahsulotga o‘tkaza olsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tez amal qilish uslubi uchta texnologiya va biznesning yangi konsepsiyasini qo‘llashga asoslangan: Birinchi texnologiya: mahsulot shtrix kodlarini avtomatik ravishda aniqlash. Xozirgi vaqtda nima sotilayotgani to‘g‘risida aniq ma’lumotni tez yig‘ishga imkon beradi. Ikkinchi texnologiya: ma’lumotlarning elektron almashinuvi. Bu nafaqat in-ternet, balki korxonalarga hujjatlangan ma’lumotlar bilan operativ almashish im-konini beruvchi boshqa standartlar majmuasi hamdir. Uchinchi texnologiya: yuk birliklarini (masalan, tashish konteynerlarini) avto-matik aniqlanishi. Biznesning yangi konsepsiyasi, bu tovar xarakatida ishtirok etuvchi tashkilot-lar orasidagi hamkorlik tuyg‘usidir. Ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Masalan, 80-yillarning oxirida AQSH.da 90% tovarlarda shtrix kod mavjud edi. Ammo tez amal qilish texnologiyasi bilan atigi bir necha yuzta xam-korlar o‘zaro bog‘langan edilar xolos. Joriy etishning sekinligiga texnologiya yangi-ligi emas, balki ishtirokchilar (chakana savdogarlar, distribyutorlar, ishlab-chiqa-ruvchilar) orasidagi bir-biriga bo‘lgan ishonchsizlik tuyg‘usi sabab. Tarixan shunday bo‘lganki har bir tashkilot ko‘proq foyda olishni, va bu ishni boshqa tashkilot foy-dasi hisobiga amalga oshirishni ko‘zlaydi. Ushbu raqiblik munosabatlarini yengish, texnik-texnologik masalalarni yechishdan ham murakkabroqdir. Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling