587. Pedagogik texnologiya va ped.texnik tushunchalari sizningcha nima?
ikkalasi ikki xil bo‘lgan, bir-birini tuldirdigan, xizmat qiladigan tushuncha
588. «Tizim» so'zi haqida tushuncha?
qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit narsa yoki hodisa
589. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarorida, 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasi uchun qanday baholash dasturi qabul qilindi?
TIMSS
590. PISA - ...?
15 yoshli ta’lim oluvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash dasturi
591. Bilim nima?
Bilim - o'rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish
592. Tayanch o'quv reja nima?
Tayanch o'quv reja - o'qitiladigan fanlar nomi, hajmi hamda ularning sinflar bo'yicha taqsimoti belgilangan me'yoriy hujjat.
593. Sonlarni yozma qo‘shish va ayirishda hisoblash qaysi xonadan boshlanadi?
quyi xonadan
594. Bugungi kunda ishlatiladigan o‘lchov birliklari.
m, sm, dm, km, mm
595. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori qachon qabul qilindi?
2017 yil 6 aprelda
596. Ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
ta’lim-tarbiya maqsadlari, ta’lim-tarbiya mazmuni, ta’lim-tarbiya metodlari, ta’lim- tarbiya ishini tashkil etish shakllari, ta’lim-tarbiya vositalari, ta’lim-tarbiya natijalari
597. PIRLS - ...?
4-sinf ta’lim oluvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash dasturi
598. “Pedagog” atamasining lug‘aviy ma’nosi nima?
bola yetaklamoq
599. Boshlang’ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti o‘quvchilarga nimani o‘rgatadi?
Boshlang'ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmeti o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika va imloni o‘zlashtirib olish to‘g'risidagi ilmdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |