2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin


Download 96.93 Kb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi96.93 Kb.
#1727358
1   2   3
Bog'liq
376 14.08.2023-1

Bosqichlar

Mas’ullar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi
(talaba)

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali oliy ta’lim muassasasiga so‘rovnoma yuboradi.

Ehtiyojiga ko‘ra

2-bosqich

Oliy ta’lim muassasasi

1. Arizani ko‘rib chiqib, quyidagi xabarnomalardan birini ariza beruvchiga yuboradi:
a) talabalar turar joyida bo‘sh joy mavjud bo‘lsa, talabaning arizasi imtiyozli ro‘yxatdagi mezonlar va umumiy ro‘yxat asosida qabul qilinganligi haqida;
b) talabalar turar joyida bo‘sh joy mavjud bo‘lmasa, navbatga qo‘yilganligi haqida.

Ariza avtomatik tarzda yuborilgach 10 daqiqada

2. Talabalar turar joyida mavjud bo‘sh va band joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus axborot tizimiga kiritib boradi.

Doimiy ravishda kunlik asosda yangilaydi

3-bosqich

Ariza beruvchi
(talaba)

Talabalar turar joyiga qabul qilinganligi haqidagi QR kodli yo‘llanmani davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali oladi.

Navbat asosida yo‘llanma shakllangandan so‘ng

4-bosqich

Oliy ta’lim muassasasi

Yo‘llanma kelib tushgan yoki taqdim etilgan kunning o‘zida talaba bilan shartnoma tuzadi va uni talabalar turar joyiga joylashtiradi.

Yo‘llanma taqdim etilgan kunning o‘zida

Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylariga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi (talaba) haqida ma’lumot

1. F.I.O.

2. Pasport ma’lumotlari (raqami va seriyasi)

3. Doimiy yashash manzili

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

6. Jinsi

7. Fuqaroligi

8. Ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasi nomi

9. Fakulteti

10. Ta’lim yo‘nalishi

11. Kursi

12. Ta’lim shakli

II. Oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyi haqida ma’lumot*

Talabalar turar joyi raqami (manzili, sig‘imi)

III. Imtiyozli huquq borligi haqidagi ma’lumotlar va ularni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa)*

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandi

“Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxs farzandi

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchisi

Chin yetimlar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba

I va II guruh nogironligi bo‘lgan talaba

Xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talaba

Xalqaro yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talaba

“Zakovat” intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘olibi

“Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘olibi

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi

Talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi yoki qavat sardori bo‘lgan talaba

IV. Xabar berish tartibi

1. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

2. SMS yoki telefon orqali

3. Elektron pochta orqali

* Ushbu bo‘lim manfaatdor vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Maxsus axborot tizimida III bo‘lim bo‘yicha tegishli ma’lumot aniqlanmagan taqdirda, ariza beruvchi tomonidan imtiyozli huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-bandda:
ikkinchi xatboshidan “belgilangan mezonlar asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “talabani ijtimoiy mezonlar bo‘yicha o‘rganish va talabaga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishni ko‘rib chiqish” so‘zlari “talabalar arizasini ko‘rib chiqish, o‘rganish va oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha qaror qabul qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga, oliy ta’lim muassasalariga ushbu maqsadlarda ajratilgan mablag‘lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi hamda belgilangan tartibda ijara shartnomasi taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi;
davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ijara huquqi asosida yashayotgan, biroq ijara to‘lovlari ushbu qarorda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan talabalarning 60 foizidan ortgan qismi uchun oylik ijara to‘lovi bir qismini ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar va tartib asosida moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi mumkin”;
3. Ilova (Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom)da:
a) 2-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) — talabalar arizasini ko‘rib chiqish, o‘rganish va oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha qaror qabul qilishga mas’ul bo‘lgan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tarkibda oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadigan doimiy va jamoatchilik asosida ishlaydigan tuzilma”;
b) 4 — 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.
Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.
5. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida talabgorlar komissiya tomonidan aniqlanadi.
6. Davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari), davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning 60 foiziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
7. Ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki oliy ta’lim muassasasining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — mas’ullar) topshiradi.
Bunda ariza beruvchi mazkur bandda keltirilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda o‘zining ijtimoiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ilova qilishi lozim”;
v) 3-bobning nomidan “ijtimoiy mezonlar bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Mas’ullar bir hafta davomida tyutorlar bilan birgalikda ariza beruvchilarning ma’lumotlarini komissiyaga taqdim etish uchun har tomonlama o‘rganadi”;
d) 11-banddagi “xulosa berish” so‘zlari “qaror qabul qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 12-banddagi “talabgorlar” so‘zi “ariza beruvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 13-banddagi “talabgor” so‘zi “ariza beruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 22-bandning birinchi xatboshisidan “hamda ijtimoiy mezonlarga ko‘ra” so‘zlari chiqarib tashlansin;
i) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi.
Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga komissiya qarori asosida oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin”;
k) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Quyidagi holatlarda ariza beruvchiga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi ushbu Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan talabalar ro‘yxatida mavjud bo‘lganda;
ariza beruvchining ijara shartnomasida ko‘rsatilgan manzilda yashamasligi, ijarada yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli ekanligi, ijara shartnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda”;
l) 2-ilova (Anketa-ariza)ning 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “ijtimoiy mezonlarga muvofiqligimni” so‘zlari “ijtimoiy holatimni” so‘zlari bilan almashtirilsin.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)

Download 96.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling