2. Rahbar shaxsi tipologiyasi. Boshqaruv faoliyatida zarur bo’ladigan muhim sifatlarni aniqlash
Download 0.85 Mb.
|
2. Rahbar shaxsi tipologiyasi. Boshqaruv faoliyatida zarur bo’la
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ijtimoiy psixologik bilimdonlik
- kasbni egallash
- Professional bilimdonlik
- «shaxs» tushunchasi
- «Individ», «Shaxs» va «Individuallik»
- Individuallik
1.Professional bilimdonlik - o‘zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo‘lga quyish uchun o‘sha faoliyat borasida to‘la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo‘lishlikdir.
2.Uslubiybilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko‘nikmalari, turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to‘g‘ri va tushunarli tarzda xodimlarga etkaza olish qobiliyati. 3.Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o‘zidagi liderlik sifatlarini to‘la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko‘pincha “kommunikativ bilimdonlik”tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. 2.Rahbar shaxsi tipologiyasi. Psixologiya fanida bu sohada muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o‘ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V.Qo‘laginning fikricha, kasbni egallash deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yunaltirish, nomzodlarni (da’vogarlarni) ixtisoslikka okilona taksimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini yechish tushuniladi. Professional faoliyat shaxsdan juda ko‘p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab etgan shaxs (motivlar muammosi), endi o‘zfaoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o‘zustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo‘nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo‘lgan bilimlardan tashqari shu bilimlarning hosil bo‘lish yo‘llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Psixologiya fanida ushbu fikr shaxs strukturasi degan ibora orqali o’z mazmunini topgan. Hozirga kelib psixologiya fanida shaxs strukturasini ifodalovchi turlicha ta’riflar mavjud bo’lib, ularning qiyosiy tavsifini keltirishga hojat yo’q deb, o’ylaymiz. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir (6.1-rasm). Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko‘p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko‘rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko‘zi bilan ko‘rgan har qanday ob’ektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o‘zhis-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar - har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo‘shishga moyil bo‘ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taassurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo‘larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o‘zdiqqatini har qanday mayda o‘zgarishlarga ham qaratishga o‘rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob - kitoblarga usta bo‘lib boradi. Iqtisodchi - moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o‘rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va voqealarni badiiy bo‘yoqlarda, o‘ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o‘sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog‘liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo‘lmish bilish jarayonlari - idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o‘sishidagi roliga to‘xtab o‘tamiz. Boshqaruvga doir layoqatni o‘rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda ko‘zatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jixozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun kasb sub’ekti kasbiy mahoratning maksimal ko’rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga utkaziladi. Psixologiyada «shaxs» tushunchasi eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.
Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (obye’ktni), so’ngra shu ta’sirlarning sub’yekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Demak, “shaxs” haqida gapirganimizda, biz shu narsani hisobga olamiz, shaxs - ijtimoiy individ bo’lib, ijtimoiy munosabatlar, faoliyatlar va muomalaga kirishuvchi sub’yekt. Individ termini odamning biologik mavjudot ekanligini bildirsa, shaxs termini - uning ijtimoiy mavjudligidir. Shu ma’noda shaxs haqida gap ketganda, birinchidan, uni ijtimoiy hamda hamkorlik munosabatlari tizimida tasavvur qilish, ikkinchidan, uning muayyan ijtimoiy muhitlar ta’sirida shakllangan xususiyatilarini tavsiflash kerak bo‘ladi. Odamning ijtimoyligi uning biologik holati bilan ajratilgan emas. Shaxsning individligi boshidayoq kiritilgan va shaxsiy sifati keyinchalik yuzaga keladi. Kelgusida u yuqori shaxsiy darajasi bilan namoyon bo’ladi.
XX asr psixologi va filosofi Erik Fromm shaxs tushunchasiga shunday ta’rif bergan. «Shaxsda shunday yaxlit tug’ma va orttirilgan psixik xususiyatlar borki, u individni xarakterlab beradi va qaytarilmasligini ifodalaydi. Shaxs xususiyatlari - temperament, qobiliyat, hissiy-irodaviy sifatlar va xarakterni o’z ichiga oladi. Ammo, shaxsning mohiyati - bu uning yo’nalganligi, uning motivatsiyalari, ijtimoiy munosabatlari va ustanovkalari (ko’rsatmalari), shu bilan birga albatta o’z-o’ziga munosabatidir». Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajiralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga - voqelikni biluvchi hamda aktiv o’zgartiruvchi sub’yektga aylanadi. Shaxs tushunchasini to’la bilish uchun avvalambor, Individuallik»'>«Individ», «Shaxs» va «Individuallik» tushunchalarini ko’rib chiqamiz. Individ- bu biologik, fiziologik, ijtimoiy, psixologik xususiyatlari birligida alohida olingan insondir. Individ bo’lib dunyoga kelgan insonni shaxs bo’lib shakllanishi uchun bir qancha shartlar zarur bo’ladi (6.1-jadval):
Har bir individ yoshlik chog’idayoq tayyor holdagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga duch keladi va bu munosabatlar jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. Shuning uchun ham shaxs ijtimoiy munosabatlarning majmuidan iboratdir. Shaxs va uning mohiyati haqidagi psixologik ta’limotga muvofiq har bir konkret shaxs o’zi mansub bo’lgan ijtimoiy muhit va siyosiy sharoitning mahsulidir. Individuallik – yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga mos motivlari va ijtimoiy ustanovkalari kabilar kiradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling