Iste’molchilar xatti-harakatlariga vaziyatlar ta’siri - Turli mamlakatlardagi odamlar vaqtlarini turli xil narsalarga "sarflaydilar“
- Ijtimoiy olimlar vaqt uslublarini o'rganish doirasida dunyoning 31 shahridagi hayot tarzini taqqoslashdi
- Tadqiqot shuni ko’rsatdi, eng tez va eng sekin harakat qiluvchi mamlakatlar:
- Eng tezkor mamlakatlar (Fastest countries) - Shveytsariya, Irlandiya, Germaniya, Yaponiya
- Eng sekin mamlakatlar (Slowest countries)- Meksika, Indoneziya, Braziliya, Suriya
- Ko'pgina iste'molchilar bugungi kunda, har qachongidan ham ko'proq vaqt tig’izliligiga yuz tatayotganliklariga ishonishadi; marketloglar bu tuyg’uni vaqt qashshoqligi (time poverty) deb ataydilar
Iste’molchilar xatti-harakatlariga vaziyatlar ta’siri - Vaqtning psixologik o'lchovi - biz uni qanday boshdan kechiramiz - kutish liniyalarini matematik o'rganish uchun muhim omil hisoblangan navbat nazariyasi (queuing theory) ni o’rganishda muhimdir
- Barchamizga ma'lumki, kutish tajribasi kutish oxirida nima bo'lishini baholashga katta ta'sir ko'rsatadi
- Garchi biz kutayotgan narsa juda yaxshi ekanligini bilsak ham, uzoq kutish iste’molchiga salbiy hislar yaratishi mumkin
- Jismoniy signallardan tashqari, vaziyatga tushib qolgan boshqa odamlar ham sotib olish qarorlariga ta'sir qilishadi
- Qo'shni iste'molchilarning (co-consumers) mavjudligi yoki yo'qligi, iste’molchining sotib olish qaroriga ta’sir etadi
- Iste'molchilarning qoniqishlarini yoki uni oshirish uchun yangi mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqarish haqida o'rganadigan ko'plab tahlilchilar, odamlar potentsial muammolarni aniqlash uchun atrof-muhit bilan o'zaro qanday munosabatda bo'lishlarini tushunish juda muhimligini tan olishadi
- Ular odatda fokus-guruhlar orqali tajriba o'tkazganlar, bunda iste'molchilarning kichik guruhi biror yangi mahsulotni sinab ko'rish uchun taklif etilgan joyda kelishadi, kompaniya xodimlari esa ularni ko'zgu ortidan kuzatadilar
- Ba'zi tadqiqotchilar iste’molchilarni mahsulotni iste'mol qiladigan haqiqiy muhitda kuzatishga imkon beradigan yaqinroq va shaxsiy yondashuvni qo'llab-quvvatlaydilar
- Ushbu istiqbol xatolarni kamaytirish va sifatni oshirishga qaratilgan boshqaruv va muhandislik protseduralarining kompleks to'plami bo'lgan umumiy sifat menejmenti (TQM) bo'yicha yapon yondashuvidan kelib chiqqan
Do'stlaringiz bilan baham: |