2. Rentgen nurlari spektori


Download 370.51 Kb.
bet2/7
Sana07.05.2023
Hajmi370.51 Kb.
#1440557
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NORQULOV SANJARBEK FA-302

Radioto‘lqinlar:
Yuqorida ham qayd etilganidek, radioto‘lqinlar uzunligiga ko‘ra sezilarli va yaqqol katta farqlarga ega bo‘lishi mumkin. Ularning to‘lqin uzunligi bir necha santimetrdan boshlab, bir necha yuz, hatto ming kilometrlargacha ham cho‘zilishi mumkin va ularning uzunligi hattoki Yer radiusi bilan taqqoslanarli darajalarda ham bo‘ladi (ma'lumot uchun, Yerning radiusi ?6400 km). Radioto‘lqinlar diapazoninig barcha to‘lqinlari texnikada juda keng qo‘llaniladi. Xususan, detsimetrli va ultraqisqa uzunlikdagi to‘lqinlar televizion dasturlarni hamda, radioeshittirishlarni uzatishda qo‘llanadi. Chastotaviy modulyatsiyalanuvchi ultraqisqa to‘lqinlar diapazoni (UKV/FM) to‘lqinlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqalishi hududida nihoyatda katta aniqlik va sifat ko‘rsatkichi bilan, signalning tiniq yetkazib berilishini ta'minlay oladi. Kilometrlik to‘lqin uzunligiga ega radiouzatmalar esa, olis va uzoq masofalarga signal uzatish-qabul qilish maqsadlarida qo‘llanadi va ularni amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Bunda siganlning sifati sezilarli darajada yo‘qotilsa hamki, lekin, kilometrlik to‘lqinlarning Yer atmosferasi ionosferasidan akslanishi evaziga, Yer sharining istalgan nuqtasiga yetkazish imkoni mavjuddir. Kezi kelganda aytish joizki, bugungi kunda, aloqaning ushbu turi asta-sekinlik bilan o‘tmishga aylanib bormoqda. Buning bosh omili esa, aloqaning boshqa bir turi - sun'iy yo‘ldosh orqali aloqaning rivojlanayotganligidir.
Kurs ishining maqsadi: “Rentgen nurlari va uning spektri” mavzusiga oid malumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti: “Rentgen nurlari va spektri” mavzusining mazmuni va mavzuga oid tushunchalarni shakllantirish metodikasi:
Kurs ishining predmeti: “Rentgen nurlari va spektri’ mavzusining mazmuni va mavzuga oid tushunchalarni shakllantirish metodikasiga mavzusini o’qitish usullari va
Metodardan foydalanish.
KURS ISHINING VAZIFASI:
1.Elektromagnit nurlar haqida tushuncha.
2. Rentgen nurlarining tarixi.
3. Rentgen nurlarining spektri.
4.Rentgen nurlari va spektri mavzusiga oid 1 soatlik dars ishlanmasi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika ta’limni rivojlantirishning asosiy muammolari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2021 yildagi «Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-5032-son qaror bilan 2021−2023 yillarda Fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi: maktablarda fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish; fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; ta’lim jarayoniga axborot – kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy qilish; yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish; fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash. Fizika elementar zarrachalardan to galaktikagacha bo‘lgan — ob’ektlar va turli tuman hodisalarni o‘rganadi. Fizika tabiiy fanlar sohasiga mansub bo‘lib, tabiat haqida sifatiy va miqdoriy bilimlarni egallashga imkon beradi. Fizikani o‘rganish insonlarning bilish va mantiqan fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Hozirgi jamiyatda har bir insonning muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun fizikadan sifatli bilimga ega bo‘lishi davr talabi hisoblanadi. Fizika ilmiy — texnika taraqqiyoti va tabiiy–ilmiy bilimlarning asosi hisoblanadi. Mamlakatimizning XXI asrdagi muvaffaqiyoti, tabiat resurslaridan samarali foydalanish, ekologik muammolarni yechish, kosmosni o‘zlashtirish, mudofa salohiyati, texnika va energetikaning rivojlanishi, fan manbalari uchun materiallar hamda zamonaviy texnologiyalarni yaratish kabi barcha yo‘nalishlar fizika fani va fizika ta’limi darajasiga bog‘liq. Fizikadan davr talablariga mos ravishdagi bilimlarga ega bo‘lmasdan Vatanimiz ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli maqsadi va vazifalarini yechishda erishib bo‘lmaydi. Mamlakatimizning rivojlanishi va hozirgi davrda texnologik jadal taraqqiyotga erishishda fizika ta’limi va fizikaning fan sifatida rivojlanishiga mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanishga asosiy e’tibor qaratilishi lozim. Jahon hamjamiyatining hozirgi rivojlanish davrida fizika na faqat tabiiy–ilmiy ta’limning rivojlanishiga asos bo‘lib qolmasdan balki ,ijtimoiy–iqtisodiy–gumanitar ta’limning bir qismi sifatida zamonaviy ilmiy fikrlashning paradigmasi ham bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davrda fizika ta’limi saviya (daraja) sini oshirish mamlakatimiz aholisini munosib sifatli kasbiy (ixtisosli) mutaxasisliklarga bo‘lgan talablarini qondirishni ta’minlaydi. Fizika o‘zining rivojlanish tarixida tabiatni o‘rganish (bilish) ning barcha samarali usullari haqida ko‘pgina foydali ma’lumotlarni to‘pladi. Kuzatish, tajriba va modellashtirish fizikaning ilgari o‘tkazilgan barcha tadqiqotlarida foydalanilgan va bundan keyin ham foydalaniladi. Ushbu usullar nafaqat fizikada, balki boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Shuning uchun yillar davomida o‘rganilgan olamni o‘rganishning fizik usullari har tomonlama qadriyatga ega. Fizikada tushunchalar, qonunlar va prinsiplarning nazariy va eksperimental tadqiqot usullarini mukammal ishlab chiqilgan o‘z tili mavjud. Hozirgi kunda ham fizika fani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida eng muhim va asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, umumiy o‘rta ta’lim makablarida fizika ta’limini rivojlantirish va uni o‘rganish bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ushbu muammolarni quyidagi asosiy guruhlarga birlashtirish mumkin. Maktab fizika xonalarini asbob va uskunalar bilan ta’minlanish muammosi–o‘quv dasturlarida berilgan barcha namoyishli tajribalar, uy sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lgan tajribalar bo‘lib, XXI asr fan–texnika taraqqiyoti darajasidagi laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari ko‘rsatilishi va bajarilishi uchun zarur laboratoriya va multimediya asbob va uskunalari yaratilishi va fizika laboratriyasida mavjud bo‘lishi lozim. Zamonaviy kompyuterlar, shu jumladan, Internet tarmog‘i ta’limda fizikani o‘rganishda bir qator ijobiy xususiyatlarga ega. Xususan, animatsion fizik modellar bilan o‘qitish dasturlari, kompyuterda namoyish etiladigan videolavhalar, avtomatlashtirilgan laboratoriya qurilmalari va boshqalar uzluksiz ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitishni zamonaviy darajasini oshiradi. Davlat ta’lim standarti nafaqat ta’lim mazmunini balki o‘qitishning rejalashtirilgan natijalarini, axbortlashgan ta’lim muhitiga ma’lum talablarni joriy qilishning tarkibiy qismi bo‘lib, moddiy–texnik va axborot bilan ta’minlashi hisoblanadi. Jumladan, ushbu sharoitda olingan u yoki bu ta’lim natijalari, ta’lim dasturi mazmuniga bog‘liq. Agarda fizika dasturlari hamin qadar XIX–XX asr qobig‘ida shakllantirilgan bo‘lsa, davr talablariga muvofiq ravishdagi sifatli ta’limni egallash imkoniyati bo‘lmaydi. Ta’limning hozirgi kundagi muhim ko‘rsatgichlaridan biri, uning sifati, qaysiki, xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, ta’lim jarayonini tashkil qilishga bog‘liq. So‘ngi yillarda bir qator rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida o‘z qarashlariga qarshi o‘laroq asta sekin aniq va tabiiy–ilmiy fanlar sohasiga ko‘proq e’tibor qaratmoqdalar. Lekin so‘ngi yillarda mamlakatimizda aniq va tabiiy–ilmiy ta’lim sifati pasayganligi kuzatilmoqda. Bilimlarni bunday pasayib borish tendensiyasi butun dunyo bo‘ylab ildiz otib oxir oqibat ta’lim krizisiga olib kelishi olimlar tomonidan e’tirof qlinmoqda. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi, shu jumladan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fani ta’limiga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan biri –bu uni o‘rganish uchun ajratilgan soat miqdorining kamligi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur soat miqdorini sinflar kesimida ko‘paytirib uluksizlik va uzviylik prinsipi asosida o‘rganilishini yo‘lga qo‘yish lozim deb hisoblayman. Muhim muammolardan yana biri–fanlararo ichki bog‘lanishning yetishmasligidir. Ya’ni, fizikani o‘rganishni amaldagi 6–sinfdan emas, 7–sinfdan boshlash maqsadga muvofiq shunda fanlararo o‘zaro ichki bog‘lanish yuzaga kelib, uzluksiz va uzviylik prinsipi asosida tayyorlangan fizika ta’limi o‘quv dasturi va darsliklari yaratiladi. Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikaning mexanika, molekular fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, kvant fizikasi elementlari kabi bo‘limlari o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga moslashtirilgan ma’lumotlar o‘rganiladi. Bunda fizikaning har bir bo‘limi “o‘z” tushuntirish apparatiga ega bo‘lib, ko‘pchilik fizik hodisalarni sifatli qarab chiqishda ularning ko‘pincha takrorlanish imkoniyatlarini chegaralaydi. Natijada moddiy olam jarayonlari va ob’ektlari o‘rtasidagi tabiatda mavjud ichki bog‘lanish o‘quvchilar uchun aniq bo‘lmagan bo‘lib, ular diqqatidan chetga qolishga sabab bo‘ladi. Birinchi navbatda 9–11–sinf o‘quvchilari bilan ishlash amaliyotidan ma’lum bo‘lishicha, fizikadan masalalar yechishda matematik qiyinchliklar paydo bo‘ladi. Ushbu qiyinchiliklar quyidagi bir qator sabablardan kelib chiqadi: Masalan fizikadan masala yechishda zarur bo‘lgan o‘quv material matematika kursidan o‘rganilmagan yoki o‘rganilgan bo‘lsa ham u kerakli bo‘lgan darajadi qayta ishlanmaganligi tufayli o‘quvchilar ushbu materialni fizikadan masala yechishda qo‘llay olmaydi yoki “buni matematikadan o‘rganilganku deb” e’tibordan chetga qoldiradilar. Birinchidan ushbu muammo “fizika–matematika” o‘rtasidagi fanlararo bog‘liqlik e’tiborga olinmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan ushbu fanlar o‘quv dasturlari mazmuni o‘rtasidagi mavzularni o‘rganishdagi o‘zaro bog‘liqlik e’tibordan chetga qolganligidir. Matematikadan quyidagi mavzularni ajratib ko‘rsatish mumkin: – to‘g‘ri burchakka doir masalalarni yechishda; – vektorlar ustida amallarni bajarishda (qo‘shish, ayirish, songa ko‘paytirish, koordinatalar o‘qidagi vektorlar proeksiyalari, vektor modulini tushunishda); – bir va ikki noma’lumli tenglamalarni yechishda; – quyidagi bog‘liklar ko‘rinishida (chiziqli, qayta proporsional, kvadrat ildiz) va ularning grafiklarini tuzish ko‘nikmasi; – trigonometrik almashtirishlarda, trigonometrik ayniyatlarlardan foydalanishda; – aylana uzunligini, yuzasini va shakl hajmini hisoblashga doir ishlarda. Test sinov nazorati tahlillaridan ma’lum bo‘lishicha, bitiruvchilarning ko‘pchiligi fizikaviy hodisalarn tushuntirishda jadval yoki grafik ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlashda, turli jarayonlarni sodir bo‘lishida fizik kattaliklarni o‘zgarish tavsifini aniqlashda fizikaviy hodisalarni tushuntirishda topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Fizika o‘qitishda yuqori darajadagi muvafaqiyatga erishishning muhim sharti bo‘lib, barqaror darsliklarning mavjud emasligi hisoblanadi. Muammoning mohiyati shundan iboratki, amaldagi mavjud darsliklar davr talablariga javob bermaydi, o‘quvchilar uchun qiziqarli emas, olam va texnika haqida yangi tasavvurlarni aks ettirmaydi, o‘quvchilarni shaxsiy imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam bermaydi. Kadrlar muammosi ham mavjud bo‘lib, Oliy ta’limni bitiruvchilari pedagogik yo‘nalishda kerakli pedagogik institutlarda pedagogik bilim va ko‘nikmalarga ega emaslar. Fizika va pedagogik mutaxasisliklar intelektual o‘sishiga qodir emas umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagog va fizika fani o‘qituvchisi talablariga javob bera olmaydi. Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fani o‘qituvchilari yetishmaydi. Konsepsiyaning maqsadi va vazifalari. O‘quvchilar uchun fizikani o‘rganish tushunarli va ichki intiluvchan jarayon bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun atrofdagi olamning universal tadqiqot metodlarini o‘zlashtirish, ushbu fanning tamoyillari va asosiy qonunlarini mohiyatini tushunadigan fizika tilini mukammal egallagan o‘quvchi va o‘qituvchiga yordam beradigan mexanizmlar ishlab chiqilishi kerak. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika ta’limi nafaqat kelgusida fizikani professional kasb qilib olgan mutaxasisga zarur, balki o‘z kelajagini oldindan ishonchli aniq to‘g‘ri harakat va samarali aytib bera oladigan va o‘ylaydigan har qanday madaniyatli inson uchun zarur. Fizikani o‘qitish va o‘rganish o‘quvchilarni fizikadan olgan bilimlarini amaliyotga va boshqa sohalarda qo‘llashga tayyorgarliklarini ta’minlaydi. Shuningdek, boshqa fanlarni mazmuniga va o‘qitishda, o‘quvchilarning intellektual tayyorgarliklariga ta’sir qiladi. Ushbu konsepsiyaning maqsadi– mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika ta’limi saviyasini hamdo‘stlik va rivojlangan mamlakatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika ta’limi darajasiga olib chiqishga yordam beradi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: jamiyat va ta’lim oluvchilar talablari bilan muvofiq ravishda fizika ta’limi o‘quv dasturi mazmunini takomillashtirish; – har bir o‘quvchi uchun asosiy bilimlarni egallashni ta’minlash, o‘qituvchilar uchun tashxis qilishning avtomatlashtirilgan tizimini taqdim etish; – umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika xonasi va laboratoriyasida namoyish va laboratoriya asbob va uskunalari bilan ta’minlash, fizika ta’limi o‘quv dasturini amalga oshirish uchun zarur axborot resurslari bilan shu jumladan, elektron formatda pedagog va ta’lim oluvchilarning faoliyatlarini optimallashtirsh va ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash; – fizika o‘qituvchilari kasbiy sifatini oshirish mexanizmi yordamida ularning moddiy va ijtimoiy qo‘llab, jahon va hamdo‘stlik davlatlari fizika ta’limini pedagogik fani yutuqlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ular tomonidan o‘z shaxsiy pedagogik yondashuvlari va mualliflik dasturlarini yaratish va amalga oshirish; – o‘quv yili mobaynida fizika o‘qituvchilari uchun doimiy ravishda stajirovka, seminar, master–klasslarni tanlangan savollar bo‘yicha tashkil qilingan maydonchalarda o‘tkazish; – bloklari bo‘yicha fizik tajribalarni namoyish qilish; – sinflar bo‘yicha laboratoriya ishlarini o‘tkazish; 9–10–11–sinflar uchun fizikadan praktikum ishlarini o‘tkazish; – zamonaviy ta’lim texnologiyalari va resurslarini qo‘llash (ularni turlari bo‘yicha) – barcha mavzu bloklari bo‘yicha sifatli masalarni yechish usuli; – kombinatsiyalashgan masalalarni yechish usuli; – fizika kursi bo‘yicha ayrim murakkab mavzularni bayon qilish metodikasi; – maktab fizika kursi populyarizatorlari bo‘yicha o‘qituvchilarni aniqlash va usullarni o‘zlashtirish bo‘yicha murakkab mavzularni tushuntirish bo‘yicha master–klasslarni o‘tkazish. Konsepsiyaning amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Fizikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun o‘qitishni shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish lozim: – muqobil o‘qitish an’analar o‘rtasida qulay munosiblarini tanlash; ilmiylik; – tushunarlilik, ta’lim standartlaring tushunarliligi; – shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim fanlarni tabaqalashtirish; – fanlararo integratsiya. Fizika o‘qitishda loyihalashtirish va tadqiqot usullari asosiy usul bo‘lishi ularning vazifalari o‘quvchilarning kompetentligini rivojlanishidan iborat bo‘lishi zarur. Loyihalashtirish fizika ta’limi bilan birgalikda — taxminan kundalik turmushdagi amaliyotga yaqin o‘quv muammolarni yechish bo‘yicha o‘quvchini mustaqil ijodiy ishlashga majbur qiladi. Loyiha — laboratoriya sharoitida pedagog tomonidan tashkil qilingan yetarli darajada ishlab chiqilgan muhim harakatdir. Loyiha bilan ishlash natijasida quyidagi: kommunikativ, ijtimoiy va fan kompetensiyalar shakllantiriladi. O‘quvchilarning mustaqil ravishda ishlashlari: umumlashtirilgan jadvallarni to‘ldirishda, fizik praktikum ishlari va frontal laboratoriya ishlarini bajarishda, masalalar yechish jarayonida asosiy nazariy materialni mustahkamlash va mustaqil ravishda takrorlashga asosiy e’tibor qaratilishi zarur. Dars jarayonida o‘quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashlari katta e’tibor qaratilishi kerak. Darslik bilan ishlash jarayonida o‘rganilgan hodisa va jarayonlarni tushunirish, material ichidan mantiqan bog‘liqlikni tushunish va ko‘rish, matndan asosiy materialni ajratish ko‘nikmasini shakllantirish zarur. Asosiy o‘quv material o‘quvchilar tomonidan dars jarayonida o‘zlashtiilishi zarur. Ushbu holat esa o‘qituvchidan har doim dars o‘tish metodikasini o‘ylab tashkil etishni talab qiladi. Yuqori sinflarda o‘quv materialini suhbat shaklida yoki ma’ruza shaklida o‘quv muammolarni ilgari surish orqali bayon qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quv eksperimentidan keng foydalanish (namoyish tajribalari, frontal laboratoriya ishlari, shu jumladan qisqa muddatli) o‘quvchilarni mustaqil ishlashi. Darsning asosiy vaqti yangi mavzuni mustahkamlashga va tushuntirishga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va takrorlash usullarini takomillashtirish zarur. Bularning hammasi tayanch vazifani yechishga — fizika darsi samaradorligini oshirishga yordam beradi. Agar ushbu konsepsiyaga oid muammolar batafsil ijobiy xal etilsa prezidentning fiziklar oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish imkoniyati tug’ildi.

ASOSIY QISM:



    1. RENTGEN NURLARINI KASHF QILINISHI:


  1. Download 370.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling