2. savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga davlat tilida nom berish xizmati ko‘rsatiladi


TADBIRKOR ZIMMASIDAGI MAJBURIYATLAR SAVDO YOKI XIZMAT KO‘RSATISH QOIDALARINI BUZISH JINOYATLARI


Download 469.7 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi469.7 Kb.
#1127951
1   2   3   4
Bog'liq
savdo

TADBIRKOR ZIMMASIDAGI MAJBURIYATLAR SAVDO YOKI XIZMAT KO‘RSATISH QOIDALARINI BUZISH JINOYATLARI


Tadbirkor zimmasidagi majburiyatlar savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatlari

Mamlakatimizda chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarorida ko‘rsatilgan qoidalar va boshqa bir qancha me’yoriy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Mazkur qoidalar savdo rastalari va bozorlardagi savdo o‘rinlari orqali chakana savdo qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi. Unga ko‘ra, quyidagi shaxslar O‘zbekiston Res-publikasi xududida chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar:



  • chakana savdo huquqi uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar olgan yuridik shaxslar;

  • savdo huquqi uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar.

Huquqshunos olim M.Rustamboyev ta’kidlaganidek, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatining obyekti, mulk shaklidan qatyi nazar, savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatidir. “Obyektiv tomondan jinoyat savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishda namoyon bo‘ladi”. Lekin bu jinoyatning obyektiv tomoni Jinoyat kodeksida ham va ba’zi bir jinoyat huquqi fani darsliklarida ham to‘lik aksini topmagan. Jinoyatning obyektiv tomoni Vazirlar Maxkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan chakana savdo qoidalarida belgilangan bo‘lib, uning 189-bandiga ko‘ra, ushbu qoidalarni buzish quyidagi hollarda Ma’muriy javobgarlik va Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:


 narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlarni, mahsulotlarni notug‘ri ulchash, notug‘ri yurtish yoki xizmat ko‘rsatmaslik;
 sotuvchining kassa cheki, kvitansiya, schotlar berishdan bosh tortishi;
xaridorga tovarning sifati, butligi, o‘lchami, og‘irligini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
 xaridorga yaxshi sifatli tovarni berishdan bosh tortish;
 nosoz yoki tamg‘alanmagan o‘lchash asboblaridan foydalanish;
 tovarlarning majburiy ro‘yxatiga rioya qilmaslik;
 nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash, videoyozuvli kassetalarni sotish va video muassasalar faoliyati, yonilg‘i-moylash materiallarini sotish, alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotish tartiblariga rioya qilmaslik;
sifatsiz, but bo‘lmagan tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek, xaridorga sotilgan sifatsiz, but bo‘lmagan tovarlarni almashtirib berishdan yoki pullarni qaytarib berishdan bosh tortish;
 tovarlarni ularning sifati va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;
 ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish;
 yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish;
 kimyoviy moddalar qoldiqlari yuqori miqdorda mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotish.

Bu harakatlar jinoyatning obyektiv tomoni belgilari hisoblanadi.

Bu borada sud amaliyotidan bir misol keltiramiz. Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudining hukmida sudlanuvchilar S. Yakubov va B.Saitov belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan, nazorat kassa mashinalarini o‘rnatmasdan sifatsiz oziq-ovqat va spirtli ichimliklar bilan savdo qilishgan. Sud ularning jinoiy harakatlarini Jinoyat kodeksining 188, 189, 190-moddalari bilan malakalagan. Ushbu sud amaliyotidan ko‘rish mumkinki, aybdor shaxslar noqonuniy faoliyatida savdo qoidalarini buzish harakatlari mavjud.
Sud jazo tayinlashda ana shu obyektiv tomonning belgilariga e’tibor qaratgan. Ba’zi bir sud hukmlarida bunday harakat faqat Jinoyat kodeksining 188 va 190-moddalari bilan malakalangan. Ya’ni moddalar sudlar tomonidan turlicha talqin qilinmokda.
Quyidagi qoidalar buzilganda javobgarlik choralari qo‘llaniladi:


  • tovarning yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovarlarning saqlash sharoitlari buzilganda;

  • savdoning zarur shart-sharoitlari va xaridorlar tomonidan tovarlarni tanlash imkoniyati bo‘lmaganda;

  • korxonaning nomi, ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmaganda, xaridorga ushbu qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berish rad etilganda;

  • savdo obyekti ish rejimiga rioya qilinmaganda;

  • tovarlarda narxnomalar bo‘lmaganda yoki atayin noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalar quyilganda;

  • bitta tovarga boshqa tovarni majburan qo‘shib sotilganda yoki ularning sotilishi munosabati bilan majburiy xizmatlar ko‘rsatilishi shart qilib quyilganda;

  • ruxsat berilmagan anjomlar qo‘llanilganda;

  • standart talablariga, texnik shartlarga javob bermaydigan tovarlar sotilganda.

Bu harakatlar jinoyatning obyektiv tomoni belgilari hisoblanadi.

Subyektiv tomondan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyati qasddan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan akdi raso va savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida ishlovchi jismoniy shaxslar hisoblanishadi.

Xullas, savdo yoki xizmat ko‘rsatish koidalarni buzish jinoyati uchun jazo tayinlash, bu jinoyatlarni tasniflashda sud amaliyotida bir qancha muammolar mavjud. Ushbu muammolar jinoyatning obyektiv tomoni belgilariga e’tibor bermaslik oqibatida kelib chiqmoqda.



Download 469.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling