2 Savolga javob Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish


-§. Yo‘lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo‘yiladigan talablar


Download 48.71 Kb.
bet4/18
Sana29.03.2023
Hajmi48.71 Kb.
#1306020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 jovobi

3-§. Yo‘lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo‘yiladigan talablar
16. Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
17. Avtotransport vositalari Dst 974/2000 O‘zbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega bo‘lishi kerak.
4-§. Yo‘lovchilarni tashuvchi haydovchilarga qo‘yiladigan talablar
18. Avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar O‘zbekiston davlat standartlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.
19. Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda:
Oldingi tahrirga qarang.
shartnomaga muvofiq ushbu yo‘nalishda avtotransport vositasiga qatnovlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga);
yo‘nalish hujjatlariga;
yo‘l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga;
yo‘l varaqalarida yo‘lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o‘tkaziladigan avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlarga;
qatnov jadvaliga va yo‘nalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — unda aholi yashash joylaridan o‘tish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda) ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Turistik-ekskursiya qilish yo‘nalishlarda ishlashda avtobuslarning haydovchilari turistik yo‘nalishga xizmat ko‘rsatiladigan qatnov yo‘li sxemasiga ega bo‘lishlari kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 09/19/424/3170-son)

Download 48.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling