2 Savolga javob Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish


-§. Yo‘l haqini yo‘lkira kartochkalari bilan to‘lash


Download 48.71 Kb.
bet6/18
Sana29.03.2023
Hajmi48.71 Kb.
#1306020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 jovobi

2-§. Yo‘l haqini yo‘lkira kartochkalari bilan to‘lash
25. Yo‘lkira kartochkalarini oldindan sotish maxsus tashkil etilgan sotish shoxobchalarida, shuningdek savdo tashkilotlari va bevosita tashuvchi orqali amalga oshiriladi.
Yo‘lkira kartochkasi bagajni bepul tashish huquqini bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lkira kartochkalari seriyalari, transport turlari bo‘yicha bo‘linadi va yo‘lovchilarning barcha toifalari uchun, imtiyozli kartochkalar esa — pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va o‘quvchilar uchun haqiqiy hisoblanadi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Shahar transportida foydalaniladigan barcha seriya va turdagi yo‘l kartochkalari taksilar, shahar atrofidagi va shaharlararo (viloyatlararo va xalqaro) yo‘nalishlar uchun haqiqiy hisoblanmaydi.
3-§. Transportda yurish shartlari
26. Yo‘lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish faqat to‘xtab o‘tish manzillarida amalga oshirilishi mumkin. Yo‘nalishda “talabga ko‘ra” to‘xtash joylari mavjud bo‘lganda yo‘lovchi haydovchiga avtotransport vositasini to‘xtatish zarurligi to‘g‘risida oldindan ma’lum qilishi kerak.
27. Yo‘nalishli yoki yo‘nalishsiz taksilar yo‘lovchilarini chiqarish va tushirish yo‘lovchilar talabiga ko‘ra, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
28. Yo‘l kartochkasi yoxud avtobusda yurish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjati bo‘lgan yo‘lovchi uni avtobusga chiqish vaqtida ko‘rsatishi shart.
29. Shahardagi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yo‘lovchi sig‘imiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yo‘lovchilar ularni mazkur shaxslar uchun bo‘shatishlari kerak.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
31. Haydovchi avtobusni to‘xtash joyidan faqat eshiklarni yopgan holda, yo‘lovchilar to‘liq tushirib va chiqarib bo‘lingandan so‘ng yurgizishi, bekatlarni aniq va to‘g‘ri e’lon qilishi, qatnov yo‘nalishi o‘zgargan taqdirda esa bu to‘g‘rida har qaysi bekatda e’lon qilishi shart. Avtobus salonini avtobusning muayyan turi uchun belgilangan umumiy sig‘imidan ortiqcha to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 48.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling