2-seminar mashg’uloti Mavzu: Informatika fanini o’qitishda modulli o’qitish texnologiyalari. Ishning maqsadi


Download 59.43 Kb.
bet1/2
Sana05.10.2023
Hajmi59.43 Kb.
#1692593
  1   2
Bog'liq
2-amaliy mashg\'uloti. Modulli o\'qitish


2-seminar mashg’uloti
Mavzu: Informatika fanini o’qitishda modulli o’qitish texnologiyalari.
Ishning maqsadi: Informatika o‘qituvchisini tayyorlashda modul texnologiyasi maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga oshirilib, har bir harakatga o‘quv elementi ekanligini tushuntirish.


Modulli ta’lim texnologiyasi. “Modul” lotincha so‘z bo‘lib “qism” yoki “bo‘lak” “blok” degan ma’noni bildiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng kichik modullari asosiy tushuncha bo‘lib, ular go‘yo pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi “g‘ishtcha”lar vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega.
Informatika o‘qituvchisini tayyorlashda modul texnologiyasi maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga oshirilib, har bir harakatga o‘quv elementi sifatida qaraladi. Modul texnologiyasi o‘quv elementi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
1.Faoliyatning aniq elementlarini o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy axborotlar: ma’ruza matni, amaliy va laboratoriya topshiriqlari,
2.Ta’lim uchun zarur bo‘lgan faoliyatni ta’minlovchi materiallar haqidagi ma’lumotlar: darsliklar, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, slaydlar, umumiy holda o‘quv materiallari;
3.O‘quv sharoitini nazorat qilish: turli darajadagi testlar, mustaqil ish topshiriqlari, loyihalar tuzish va boshqalar
SH.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi . Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchi bo‘lib, u o‘zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o‘qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi. Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  1. bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon yaratish;

  2. bolaning qalbi va yuragini ulug‘lash orqali boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;

  3. keng va chuqur bilim, hamda malaka olish uchun sharoit yaratish va ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalashga erishish.

SH.A.Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun insonparvarlik, shaxsiy yondashuv, muloqot mahorati, oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati kabi metodika va metodik usullardan foydalandi.
SH.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o‘ta cheklangan bo‘lib, miqdoriy baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u beradi, ya’ni tavsif, natijalar portfeli, o‘z-o‘zini baholash kabilar.



Download 59.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling