2. Sharq allomalari asarlarida tarbiya masalalari


Sharq allomalari asarlarida tarbiya masalalari.Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya hamda komil inson haqidagi qarashlari hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi


Download 147.5 Kb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi147.5 Kb.
#1492152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Allomalar asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari

Sharq allomalari asarlarida tarbiya masalalari.Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya hamda komil inson haqidagi qarashlari hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g'oyalar islomiy ma'naviyat bilan hamo-hangdir. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e'tibor berganlar. Inson hamisha odamlar qurshovida yashaydi, ijtimoiy muhit sharoitida uning aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyati rivojlana boradi. Bunda insonning aqliy rivojlanishi uchun sharoitlar bo'lishi kerak.
Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o’rin bergan. Allomalarimiz inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Sharq allomalar fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug’ilganda mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.
Sharq mutafakkirlari Ahmad al Farg’oniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon B
еruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Ismoil al-Buxoriy, Iso at- Tеrmiziy, Abu Abdulloh Rudakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg’ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz insonning ta'lim-tarbiyasi, odob-axloqi, muloqoti va boshqa ko’plab qimmatli ma’lumotlarni qoldirganlar.
Pedagogika tarixi qadimgi zamonlardan, hozirgi kungacha bo’lgan turli xil davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining tarqqiyotini davrlar taraqqiyoti talabi
asosida o’rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum uning kelajagi insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasini fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir.
Sharq mutafakkirlari inson kamolotida ilmlilik va axloqlilikni eng muhim mezoni deb hisoblaydi. Odobli, axloqli ilimli bo’lish insonga atrofdagi kishilar o’rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo’lishga yordam beradi.


Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling