Shunday ekan mutafakkirlarimiz ilm va odobga ega bo’lishning inson hayotidagi rolini ko’rsatib berar ekan, yoshlarimizga buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosidan bahramand qilib borishimiz maqsadga muofiqdir.
Markaziy Osiyo xalqlarining shonli tarixidagi eng yorqin sahifalaridan biri bo‘lgan ilk o‘rta asrlar haqli ravishda uyg‘onish davri deb ataladi. Chunki bu davrdagi ilm-fan, madaniyat, san'at, adabiyot, falsafiy, diniy fikrlar taraqqiyoti insoniyat tafakkur xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘lib, asrlar mobaynida necha- necha avlodlarimizni o‘zining sermazmunligi, insonparvarligi bilan hayratga solib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonning bugungi mustaqillik sharoitida o‘tmish ajdodlarimizning g‘oyalari, namunali ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Musulmonlarning muqaddas kitobi «Qur'on»ning «Zumar» surasining 9- oyatida shunday deyiladi: «Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bulurmu?». Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat qila olurlar3.
Sharq uyg’onish davrida Markaziy Osiyo xalqlarining fan va madaniyati yangi sharoit va extiyojlar asosida rivojlantirildi. Masalan, savdo va tashqi aloqalarni mustahkamlash borasida karvonlarning kechalari cho‘llarda adashmay yurishlari uchun sharq, g‘arb, shimol, janub tomonlarni bilish, yulduzlardan, ya'ni qutb yulduzidan yo‘lni aniqlash kabi extiyojlar tug‘ildi. Davr va ijtimoiy muhit extiyojlari negizida falakiyot, matematika, tibbiyot xamda ijtimoiy fanlar va qadriyatlarimiz rivojlandi. Ijtimoiy muhitning shakllanishi va rivojida ajdodlarga xos oliy, o‘lmas qadriyatlarning xam ahamiyati kattadir.
3 Qur'oni Karim. -T.: G’afur G’ulom, 1992. 33
Qadriyat bu jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqyealar, erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma'rifat, madaniyat, moddiy va ma'naviy boyliklar, obida-yodgorliklar, go‘zallik, axloqiy xislat va fazilatlar, an'ana, urf-odat, udum va boshqalar qadriyat hisoblanadi4. Inson butun umri davomida, son-sanoqsiz qadriyatlar olamida yashaydi5. Ana shu milliy qadriyatlarimizdan biri O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy muhit va ta'lim- tarbiyaning aloqadorligi haqidagi qimmatli fikrlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |