2-Sinf Ona tili va O’qish savodxonligi a amma


Karton – qog’oz, maxsus ishlangan qalin , qattiq qog’oz. M


Download 48.58 Kb.
bet3/11
Sana14.10.2023
Hajmi48.58 Kb.
#1701834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-cинф луғат 2- қисм

Karton – qog’oz, maxsus ishlangan qalin , qattiq qog’oz.

M

  1. Mushuk – mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi. Misol: Mushukchalar sut vso’rab onasiga yopishar . ‘’Oqshom” Anvar Obidjon.

  2. Mehnat – mashaqqat, og’irchilik. Misol: Kim mehnatni sevsa chindan, Vaqt qochmaydi also undan. “Soat” Qambar Ota.

  3. Mehribonlik – mehrli , mehribonga xos e’tiborli, munosabat , mehribonga xos xzislat. Misol: Keyin senga jonivor bolalarining nomlarini o’rgataman , - dedi Jamol buva mehribonlik bilan. ‘’Kuchukmi yoki itcha” Avera Fayziyeva.

  4. Mashg’ulot – narsa , buyumlar, ish – yumush, kasb. Misol: O’qish – eng foydaliu mashg’ulot!. “Donishmand soat” , “Zamonaviy ertaklar’’ kitobidan.

  5. Mashhur – taniqli, dovruqli, shuhrat qozongan, dong’I krtgan, nom chiqargan, tanilgan. Misol: Ana shundan keyin yax juda mashhur bo’lib ketadi. “Kutilmagan ixtiro’’.

  6. Mador – kishining kuch-quvvati , majol, ochliki va horg’inlikdan. Misol: Keyingi vaqtlarda tobim yo’q, yurishga toqatim , turishga madorim , gapirishga istagim yo’q. ‘’Yalqov va Qunduz” Shukrullo Abdullayev.

  7. Maysa – yangi ungan o’t – o’lan. Misol: Hatto kichik maysa ham , Nuridan ko’rar baham. “Oftob bobo” Rauf Tolib.

  8. Mo’jizaviy – kishini hayratga soladigan , Ajaib, ajoyib. Misol: Kitob shunday sehrli, mo’jizaviy do’stki , uni necha marta o’qisangiz shuncha , marta ta’sirlanasiz. “Yoshlikda o’qigan kitoblarim” Abdurahmon Akbar.

  9. Mustahkam – mahkam, kuchaytirilgan, kuchli, chidamli, pishiq, puxta. Misol: Qal’a mustahkam bo’lsa ham juda ko’p hujumlarga uchragan. “Borish kerak bo’lgan Shahar’’ , “Bolalar ensikloprdiyasidan’’.

  10. Minora – yorug’lik manbai bo’lgan joy, mayoq, minora.

  11. Mardikor – tajribali,, ishbilarmon odam, xizmatkor, vaqtincha yoki kundalik yollanib ishlovchi ishchi. Misol: Bir kishi to’rt mardikorni ishlatibdi. “Uzum” Jaloliddin Rumiy.

  12. Maktab – o’qish joyi , o’quv markazi . Misol: - Eh , vaqtni to’g’ri ko’rsatmang, maktabga kech qolishim mumkin – ku . “Donishmand soat’’ 1-qism, ‘’Zamonaviy ertaklar’’kitobidan.


  13. Download 48.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling