Tartibsiz – ma’lum tartib , q onun-qoida talablariga javob bermaydigan tartibga solinmagan.
Tartibli – ma’lum , qonun-qoida talablariga javob beradigan , tartib asosida izchil.
Teorema – to’g’riligiga isbot etish, qat’iy mantiqiy mushohadalar yuritish orqali ishonch hosil qilinadigan da’vo . Misol: Yodlab bersaa she’rlarni , Teorema , qoidani. “Qaltis savol” Xudoyberdi Komilov.
Tasodifan – oldindan reja qilmay, biror narsaning kutilmaganda reja tuzmagan holda sodir bo’lishiga aytiladi. Misol: Biz hozir yax deb ataydigan mevali muz bundan 117-yil oldin tasodifan yaratilgan. “Kutilmagan ixtiro”.
Ta’m – maza ta’m , yoqimli his-tuyg’u maza , tot. Misol: Frenk meva ta’mi keladigan sodaga suv qo’shib cho’p bilan aralshtirayotgan edi. “Kutilmagan ixtiro”.
Tushlik – tush vaqtida yeyiladigan ovqat , ovqatlanish , yeyish – ichish. Misol: Tushlik uchun ulargta ozgina pul berib: - Bu pulga biror narsa olib , qorningizni to’yg’azing , - debdi. “Uzum” Jaloliddin Rumiy.
U
Uzoq – oraliq masofasi nisbatan katta , nisbatan narida joylashgan olis. Misol: Uzoq vaqtdan buyon odamlarni kuzataman. “Donishmand soat” 2-qism “Zamonaviy ertaklar’’ kitobidan.
Uloq – echki bolasi . Misol: Echkining bolasi – ‘’uloq” . “Kuchukmi yoki itcha?” Avera Fayziyeva.
Uzum – tokning g’ujumlardan iborat mevasi. Misol: - Men siz aytganlarning xech birini xohlamayman men uzum olmoqchiman, - dedi. “Uzum” Jaloliddin Rumiy.
Ushlamoq – qo’l, panja bilan daxl qilmoq , tutmoq. Misol: - Tezroq , doda itchani ushlang , bo’lmasa anavi tovuqchani yeb qo’yadi , - deb baqirib yubordi. “Kuchukmi yoki itcha” Avera Fayziyeva.
Uy – yashab , istiqomat qilinadigan joy , hovli. Misol: Voybo’ Ammasining uyi hayvonot bog’ining naq o’zi ekan. “Kuchukmi yoki itcha” Avera Fayziyeva.
Uvuldiriq – baliq va boshqa ba’zi suvda yashovchi jonivorlarning tuxumchalari urug’i . Misol: - Baliqning tuxumi nva pardadagi bolasi ‘‘uvuldiriq” . “ Kuchukmi yoki itcha” Avera Fayziyeva.
Do'stlaringiz bilan baham: |