2. Sirt qatlamning shakllanishi va tuzilishi Yuza sifatining detal ish xususiyatlariga ta’siri
Mashina detallari sirtining sifati yuzaning geometrik tuzilishi va fizik-mexanik xususiyatlari bilan bog‘liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amalda notekislikning betartib yo‘nalishi ko‘proq uchraydi. Yuza g‘adirbudurligi sifat yoki son kattaliklari bilan baholanadi. Sifatiga baho berish uchun namuna bilan taqqosl anadi.
Notekislikning yo‘nalishi
| |||
Shartli belgi | |||
Parallel |
V = | ||
Perpendikulyar |
V1 | ||
Kesishuvchi |
| ||
|
VX |
| |
Erkin (betartib) |
| ||
|
VM |
| |
Doiraviy |
| ||
|
VC |
| |
Radial |
| ||
|
VR |
|
Amalda notekislikning betartib yo‘nalishi ko‘proq uchraydi. Yuza g‘adirbudurligi sifat yoki son kattaliklari bilan baholanadi. Sifatiga baho berish uchun namuna bilan taqqosl anadi. Bu usul, sodda sex sharoitlari uchun qulay. Namunalar ham tekshirilayotgan detallarning materialidan, o‘sha-o‘sha usul bilan tayyorlanadi. Ehtiyot qism sifatida chiqarilgan detallar ham namuna o‘rnida olinishi mumkin. G‘adir-budurlikni oddiy ko‘z bilan chamalash katta xatolikka olib kelishi mumkin, shuning uchun havo bosimi bilan ishlaydigan moslamalar yordamida taqqoslanadi. Bu moslama tekshirilayotgan yuza bo‘ylab o‘tkaziladigan havo hajmini hisoblash asosida ishlaydi. Moslamadan havo chiqar uvchi ichak uchi detal yuzasiga bosiladi. Yuza qanchalik g‘adir-budur bo‘lsa, havo shunchalik ko‘p miqdorda o‘z-o‘zidan chiqib ketaveradi.
M oslamad agi monometr havo chiqib ketishini ko‘rsatadi, shunga qarab g‘adir-budurlik tasavvur qilinadi. Reflektomer degan moslama ham qo‘llanadi. U tekshirilayotgan yuzada nur aks etishiga asoslanib ishlaydi. Manbadan chiqqan nur yuzadan qaytib, fotoelementga tushadi va elektr oqimi hosil qiladi. Oqim kuchaytirilib, o‘lchov asbobi — galvanometrga uzatiladi.
G‘adir-budurlikning qirrasi yuqorida aytilgan kattaliklar bo‘yicha mexanik yoki optik moslamalar yorda6- r a s m. Optik-mexanik profilografning mida o‘lchanadi.
sxemasi. Mexanik (kontaktli) moslamalar profilograf va profilometrga bo‘lina-
di. 6-rasmda optik-mexanik profilografning ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Olmos igna (1) ko‘zgu (2) bilan bog‘langan va tekshiriladigan yuza bo‘ylab harakat qiladi. Ko‘zguga chiroq (9)dan diafragma (8) va linza (6) orqali nur tushadi. Olmos igna yuzani «paypaslab» tebranadi va nur yo‘nalishini o‘zgartiradi. Nur 3—5 ko‘zgular majmuasi yordamida aylanib turuvchi va nurga ta’sirchan qog‘oz yopishtirilgan baraban (7)ga kelib tushadi. Qog‘oz «ïðîÿâèòåëü»ga (tasvirni fotoplyonkada ko‘rsatadigan suyuqlik) solinganda, unda profilogramma, ya’ni nurning izi ko‘rinadi. Bu iz tekshirilayotgan yuza g‘adirbudurligining kattal ashtirilgan tasviri bo‘ladi.
Profilogrammalar profilning tayanch uzunligiga baho berishda muhim ahamiy atga ega. GOST 2789-73 ga binoan bunday uzunlik (hr) sifatida asos uzunligi chegarasida olingan kesmalar yig‘indisi qabul qilingan. Bu kesmalar profilning o‘rta chizig‘i «m» dan chetroqda o‘tadi va g‘adir-budurlik qirralarini kesib o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi (5-rasmga qarang).
Profilning nisbiy tayanch uzunligi: tr = hr/1 ifodasini bildiradi.
Profilning tayanch uzunligi yuzaning ishqalanishga chidamliligini, demak, detalning ishga yaroqliligini bildiradi. Detal ma’lum muddat ishlagandan so‘ng tayanch uzunligining o‘rnini yangidan aniqlab va bu ishni bir necha marta takrorlab detalga so‘nggi ishlov berilgandagi yuza g‘adir-budurligi bilan detal ishlagandan keyin hosil bo‘lgan g‘adir-budurlik o‘rtasidagi bog‘lanishni topish mumkin. Shunga asoslanib, ishlov berilayotgan detal yuzasidagi g‘adir-budurlik darajasiga talab qo‘yish mumkin, ya’ni u ishlaganda hosil bo‘ladigan g‘adirbudurlik darajasiga yaqin bo‘lishi kerak.
P rofilning tayanch uzunligi quyidagi tartibda aniqlanadi (7-rasm): o‘rta chiziq «m»ga parallel bo‘lgan bir nechta (qirralar soniga teng) chiziq tortiladi. Har bir chiz iq g‘adir-budurlik qirrasini kesib o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan kesmalar (bi) yig‘indisi tayanch uzunligini hosil qiladi. Absissa o‘qi bo‘ylab bi larni, ordinata o‘qiga ular ning chuqurligini qo‘yib, tayanch uzunligi holatiga tegishli nuqtalar topiladi. Ularni 7- r a s m. Profilning tayanch chizig‘i.
tutashtirib profilning tayanch egri chizig‘i topiladi.
Yuqorida aytilganidek, sirtning tayanch uzunligi ishqalanishga bardoshlilik darajasini bildiradi. Ishqa lanish, asosan, profilning cho‘qqilarida kechadi. Boshlanishda cho‘qqilar eziladi, silliqlanadi va tekislanish natijasida tayanch uzunlik ko‘payadi, shundan so‘ng ishqalanishga chidamlilik ortadi. Bu holat uchun topilgan egri chiz iq absissa o‘qiga kichik burchak bilan qiyalanadi.
Profilometrlar yuza g‘adir-budurligini raqamlar bilan baholashga mo‘ljallangan bo‘lib, elektrodinamik yoki induktiv asbob (moslama)dan iborat. Uning zamonaviy konstruksiyasi «Kalibr» zavodida chiqariladigan 283-modeldir. Bu zavod aniq ishlaydigan profilograf-profilometr «Kalibr-201» modelni ham tayyorlaydi. Olmos ignaning tebranishlari induktiv usul bilan elektr oqimining nurlanishiga aylantiriladi. Moslamaning Ra mezoni bo‘yicha belgilangan daraja ko‘rsatkichlari (shkalasi), shuningdek, maxsus qog‘ozga profilogrammalarni chizib beradigan qurilmasi bor.
Yuza g‘adir-budurligini o‘lchashda akademik V.P.Linnik nomi bilan bog‘liq optik asboblardan, ikkilangan mikroskop MIS-11dan ham foydalaniladi. Keyingisi GOST 2789-73 bo‘yicha Rz=80 mkm dan Ra=0,32 mkm gacha oraliqdagi g‘adir-budurlikni o‘lchaydi. Ra=0,16¸0,010 mkm oralig‘idagi g‘adirbudurlikni o‘lchash uchun interferensiya usulida ishlaydigan mikroskoplardan foydalaniladi.
Download 1.81 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling