2. Sirt qatlamning shakllanishi va tuzilishi Yuza sifatining detal ish xususiyatlariga ta’siri


Download 1.81 Mb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1489479
1   2   3   4
Bog'liq
Mashina detallari sirtining sifati yuzaning geometrik tuzilishi va fizik-mexanik xususiyatlari bilan bog‘liq

Sirt (yuza)ning shakli. G‘adir-budurlik detal yuzasining kichkina bo‘lagiga tegishli xatolik sifatida ko‘riladigan bo‘lsa, sirtning shaklidagi me’yordan og‘ishlar uning jami tashqi ko‘rinishi uchun tegishlidir. Shaklning katta xatolari yuzaga berilgan eng yaxshi ishlovlarni ham yo‘qqa chiqarib yuborishi mumkin, shuning uchun chizmalarda ruxsat etiladigan og‘ishlar ko‘rsatilishi kerak. Ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda sirt shaklining xatosi o‘lcham joizligining 0,5 ulushidan oshmasligi lozim.
Shakl xatolariga dastgohning kamchiliklari, SMAD texnologik tizimidagi shakl o‘zgarishlar, ilgarigi ishlovdagi kamchiliklar ustidan ishlov berib, ulardan nusxa olish, kesuvchi asbobning shakli va o‘lchamlari sabab bo‘ladi.
Stanok kamchiliklariga shpindelning ko‘ndalang yuza va radius bo‘yicha «urishi», stanina yo‘naltiruvchilarining qiyshiqligi va notekis yeyilishi, shpindel o‘qining stanok stoli yuzasiga noperpendikulyar (qiya)ligi kiradi. Bu kamchiliklar detalning ko‘ndalangi va uzunasi bo‘yicha konuslik, bo‘rtma, ellipslik, ovallik kabi xatolarga sabab bo‘ladi.
SMAD ning elastik tizimidagi shakl o‘zgarishlar keltirib chiqaradigan shakl xatolari, barcha shunday xatolarning 90 foizini tashkil etadi. Natijada bo‘rtma, botiqlik, ovallik va boshqa kamchiliklar ro‘y beradi. SMAD tizimi bilan bog‘liq shakl xatolarini oldindan hisoblab aniqlash mumkin.
Shaklning bir-biriga perpendikulyar ikki kesimi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato (kamchilik)larni oddiy usullar bilan o‘lchab, detalning shakli haqida xulosa chiqar ish mumkin emas. Buning uchun maxsus moslamalar (asboblar)dan foydalaniladi. Ular to‘g‘ri burchakli yoki doiraviy koordinatlar tizimiga detal sirtining shaklini uzluksiz ravishda yozib boradi. To‘g‘ri burchakli koordinatlarga detalning diametri va yasovchisi bo‘yicha kesim shakli tushiriladi. Yozib olishda shakl 500 dan 5000 martagacha kattalashtirilishi mumkin. Profilogrammani yozib olish bir daqiqa atrofida davom etadi. Doiraviy koordinatlarga yozib beradigan asboblar (masalan, Teylor-Gobson firmasi chiqargan «Telirond» va b.) 50 dan 10 ming martagacha kattalashtira oladi.
Dumaloqlikni o‘lchashga mo‘ljallangan, ENIMS ning Vilnyusdagi filiali va «Stankokonstruksiya» zavodi ishlab chiqargan VE-20A rusumli hammabop asbobni ham ta’kidlash lozim. U nazoratning radial usuliga asoslanadi va har qanday kesim yuzasining to‘g‘ri doira shaklidan og‘ishini katta aniqlik bilan o‘lchab beradi, faqat tashqi diametrni 250 mm gacha, ichki diametrni 3—200 mm oralig‘ida o‘lchay oladi. Asbobga «Kalibr» zavodi ishlab chiqargan hammabop, o‘zi yozib oluvchi qurilma o‘rnatilgan. Uning yordamida o‘lchash natijalari to‘rtburchakli yoki doira koordinatlar tizimida lappak yoki tasma shaklidagi elektrotermik qog‘ozga yozib olinadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling