2 sonli shartnomasi
Download 0.5 Mb.
|
Majburiy TRANSPORT shartn-si (Автосохраненный)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sug`urta qoidalari”
- 1520000 ( Bir million besh yuz yigirma ming)
- Sug`urta tavoni miqdorini aniqlash
Sug`urta mukofoti.
4.1. Mazkur shartnoma bo`yicha sug`urta mukofotining miqdori O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 24-iyundagi «Transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to`grisida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora tadbirlari haqida»gi 141-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan sug`urtalash qoidalari (keying matnlarda “Sug`urta qoidalari” deb yuritiladi) 5-ilovasidagi sug`urta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi va uning miqdori mazkur shartnomaning 1-ilovasida va sug`urta polislarida belgilab qo`yiladi. 4.2. Mazkur shartnoma bo`yicha sug`urta mukofotini hisoblash sug`urtalovchi tomonidan majburiy sug`urta shartnomasini tuzish tug`risidagi ariza-anketada sug`urta qildiruvchi tomonidan ko`rsatilgan ma`lumotlardan,shuningdek sug`urta qoidalari 4-ilovasiga muvofiq shakl bo`yicha taqdim etilgan ma`lumotlardan hamda sug`urtalovchida mavjud bo`lgan, hujjatlar asosida tasdiqlangan ma`lumotlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Sug`urta mukofoti shartnomaning 1-2 ilovalariga muvofiq 1520000 ( Bir million besh yuz yigirma ming) so`mni tashkil qiladi. 4.3. Sug`urta mukofoti to`lovi pul o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. Sug`urta mukofotining to`langan kuni deb sug`urta mukofoti sug`urtalovchining hisob raqamiga to`liq kelib tushgan kuni hisoblanadi. 4.4. Sug`urta mukofoti to`liq to`langandan so`ng sug`urtalovchi sug`urta qildiruvchiga mazkur shartnomaning 1-ilovasida ko`rsatilgan har bir transport vositasi bo`yicha sug`urta polisi va maxsus davlat belgisi rasmiylashtirib beriladi. Sug`urta tavoni miqdorini aniqlash 5.1. Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar etkazilganda sug`urta tulovi sug`urta polisida ko`rsatilgan sug`urta pulining 35 foizidan oshishi mumkin emas. 5.2. Bir nechta jabrlanuvchilarning mol-mulkiga zarar etkazilganda har bir jabrlanuvchining (uning merosxo`ri yoki huquqiy vorisining sug`urta qoplovchi miqdori har bir har bir jabrlanuvchining mol mulkiga etkazilgan zarar darajasiga mutanosib ravishda, mazkur shartnomaning 5.1 bandida ko`rsatilgan summa doirasida aniqlanadi. 5.3. Jabrlanuvchining hayoti yoki sog`lig`iga zarar etkazilganda sug`urta tovonining miqdori sug`urta polisida ko`rsatilgan sug`urta pulining 65 foizidan ortiq bo`lishi mumkin emas. 5.4. Bir nechta jabrlanuvchilarning hayoti yoki sog`lig`iga zarar etkazilganda har bir jabrlanuvchining (uning merosxo`ri yoki huquqiy vorisining sug`urta qoplovchi miqdori har bir har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sog`lig`iga etkazilgan zarar darajasiga mutanosib ravishda, mazkur shartnomaning 5.3 bandida ko`rsatilgan summa doirasida aniqlanadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling