2. Strategik rejalashtirish va byudjetlashtirish
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda byudjetlashtirish jarayoni bosh byudjetni tuzishdan boshlanadi. Uni tuzish quyidagi to’rtta asosiy bosqichga ajratiladi (1-chizma):
1-chizma. Korxonada byudjetlashtirish bosqichlari va uni amalga oshirish
Bosh byudjet korxonaning rahbarlari uchun muhim bo’lib, rejalashtirilgan hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalarni aniq belgilash hamda ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromadlar va xarajatlarning shakllanish jarayoni, hisob-kitob va to’lovlar holatini doimiy ravishda kuzatib borishga imkon beradi.
Bosh byudjetni tuzish investisiya qilingan mablag’lardan foydalanish samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi.
Byudjetlarni tayyorlashda quyidagi smetalar tuziladi:
a) moddiy xarajatlar smetasi;
b) asosiy i.ch.da band bo’lgan xodimlar mehnat haqi xarajatlari smetasi;
v) ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar smetasi;
g) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari smetasi.
Operasion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mablag’larning taxminiy manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlarini belgilab berishdir. Uni ishlab chiqish sotishlar rejasini tuzishdan boshlanadi. Ishlab chiqarish hajmi, tannarx, foyda kabi korxonaning boshqa barcha iqtisodiy ko’rsatkichlari sotish hajmi va tannarxiga bog’liq bo’ladi.
Shuningdek, korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining alohida tamoyillari va bosqichlarini tavsiflovchi maxsus texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar (TIK) ham operasion byudjet orqali aks ettiriladi. Bunda marketing bo’limining ma’lumotlari asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Korxonaning operasion byudjetida daromadlar va xarajatlar miqdor hamda qiymat ko’rinishida ifodalanadi.
Operasion byudjetni tuzishda quyidagi byudjetlardan foydalaniladi:
2-chizma. Korxonalarda bosh byudjetining pog’onaviy tuzilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |