2. Strategik rejalashtirish va byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi


Download 294 Kb.
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi294 Kb.
#1015050
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 мавзу (1)


4-mavzu. Boshqaruv hisobida korxona faoliyatini byudjetlashtirish.
Reja:
1. Byudjetlashtirish, uning turlari va ularni korxona faoliyatini rejalashtirishdagi tutgan o’rni
2. Strategik rejalashtirish va byudjetlashtirish
3. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi
4. Rejalashtirish va uning xususiyatlari
1. Byudjetlashtirish, uning turlari va ularni korxona faoliyatini rejalashtirishdagi tutgan o’rni
«Byudjet» atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash na­tijasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida esa markazlashmagan pul fondla­rining shakllanishi va ulardan oqilona foydalanishni anglatadi.
Tor ma’noda esa, «byudjetlashtirish» atamasi korxonaning doimiy asosga qo’yilgan kompleks rejalashtirish, nazorat va xo’jalik faoliyati tahlili tizimidir.
Boshqaruv hisobida rejalashtirish jarayonini ta’riflash uchun «byudjetlash­tirish» atamasidan keng foydalaniladi. Byudjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo’ljallangan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi.
Byudjetlashtirishning afzalligi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini uzoq, qisqa va o’rta muddatli rejalashtirish, raqobatchilarning xatti-harakati, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo’lgan bozor talablarini o’rganishda o’z ifodasini topadi. Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi.
Byudjetlashtirishning quyidagi ijobiy jihatlari mavjud:

  • korxonaning asosiy maqsadini ta’minlashda xizmat qiladigan jarayonlarni rejalashtiradi;

  • alohida bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • korxona bo’linmalari rahbarlarini o’z vazifalarini samarali amalga oshirishlariga ko’maklashadi;

  • korxona xodimlarini ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlarini ta’minlashga xizmat qiladi;

  • korxona alohida bo’linmalari rahbarlarini belgilangan rejalarning bajarilish darajasini baholashlarida asos bo’ladi.

Byudjetlashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi:

  • korxonaning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi xo’jalik muomalalarini rejalashtirish;

  • barcha darajadagi rahbarlarni o’zlari javobgar markazlar maqsadiga erishishlarida rag’batlantirish;

  • turli xil bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo’linmalar xodimlarining manfaatlari e’tiborga olinadi;

  • korxona joriy faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinishini ta’minlash;

  • javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga qo’yilgan rejalarning bajarilishini baholashda asos vazifasini o’tash;

  • menejerlar malakasini oshirishda ko’maklashish.

Quyida ushbu vazifalarga batafsilroq to’xtalamiz.
Rejalashtirish. Ko’pchilik hollarda, boshqaruv qarorlari bo’yicha rejalar ishlab chiqarish dasturini tayyorlash jarayonida shakllantiriladi va byudjetlarni tuzishda mazmunan aniqlashtiriladi.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling