2. Strategik rejalashtirish va byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi
-jadval Rejalashtirilayotgan xarajatlar dinamikasini joriy yil uchun omilli tahlil usuli yordamida aniqlash tartibi
Download 294 Kb.
|
4 мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oylar Mahsulotishlab chiqarish
- O’zga-ruvchan Jami (T j ) Doimiy
- 19-chizma. Rejalashtirilgan jami va bir birlik mahsulot tannarxining ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi
- Takrorlash uchun savollar
20-jadval
Rejalashtirilayotgan xarajatlar dinamikasini joriy yil uchun omilli tahlil usuli yordamida aniqlash tartibi, ming so’m
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, yil davomida mahsulot hajmi 10 birlikka oshib borgan. Jami doimiy xarajatlar 420000 so’m darajasida saqlanib qolgan. Jami o’zgaruvchan xarajatlar oylar bo’yicha o’sib borgan. Omilli tahlilning zanjirli bog’lanish usulini qo’llab, xarajatlar dinamikasi bazaviy oyga nisbatan hisoblab topiladi. Misol, fevral oyida jami xarajatlar 434000 so’m bo’lsa, uni yanvar oyidagi 428000 so’m jami xarajatlarga bo’lib, topilgan summani yanvar oyining rejalashtirilgan mahsulot (15 dona) miqdoriga ko’paytiriladi va natijada bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan chegaraviy xarajatlar topiladi. ((434000:428000)•15q15,21). Hisob-kitoblarning ko’rsatishicha, korxonada bir birlik mahsulot tannarxini oylar bo’yicha pasayishi kuzatilgan. Buning sababi mahsulot hajmining ortish intervali bilan xarajatlarning o’sish dinamikasi bir tekisda bo’lmaganligidir. Korxona 9-oyda 95 dona mahsulot ishlab chiqarganda 556000 so’mlik jami xarajatlar hajmida eng katta daromad oladi. Demak, bu holatda korxona 95 birlik miqdorida mahsulot ishlab chiqarishi maqsadga muvofiqdir. Rejalashtirilgan jami va bir birlik mahsulotning tannarxini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligini 3.5.-chizma yordamida tahlil qilish mumkin. 19-chizma. Rejalashtirilgan jami va bir birlik mahsulot tannarxining ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi Chizmadan ko’rinib turibdiki, jami mahsulot tannarxi oylar davomida bir tekisda o’sib borish tendensiyasiga ega bo’lgan, natijada jami mahsulot tannarxi to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’lgan. Bir birlik mahsulotning tannarxi esa yoysimon ko’rinishga ega bo’lgan. Demak, mahsulot hajmi ortib borishi bilan jami tannarx ortib boradi. Shu bilan birga, bir birlik mahsulot tannarxi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori ortishi bilan qisqarib boradi. Takrorlash uchun savollar Korxona faoliyatini byudjetlashtirishning qanday ijobiy jihatlari mavjud? Byudjetlashtirish jarayonida biznes-reja qanday o’rin tutadi? Biznes-rejalar qanday tasniflanadi? Biznes rejalashtirish qanday tamoyillar asosida amalga oshiradi? Korxona bosh byudjetining vazifalari nimalardan iborat? Korxonaning bosh byudjeti qanday tarkibga ega? Moliyaviy va investisiya byudjetlar qaysi ko’rsatkichlarni qamrab oladi? Moslashuvchan va statik byudjetlarning qanday farqli jihatlari mavjud? Byudjetlashtirish tizimida ishlab chiqarish dasturi qanday o’rin tutadi? Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish qay tartibda amalga oshiriladi? Ishlab chiqarish dasturini tuzishda qanday usullardan foydalaniladi? Korxonada xarajatlarni rejalashtirish qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega? Quyidan yuqoriga rejalashtirishning mohiyatini nimada? Byudjetlashtirish jarayonida takroran rejalashti-rish qanday tutadi? Jami va bir birlik mahsulot tannarxini rejalashtirishning zaruriyati nimada? 1 Изоҳ: «(и)» - белгиси ресурслар иқтисод қилинганлиги сабабли ижобий четланишни, «(с)» - белгиси салбий четланишни ифодалайди. 2 Download 294 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling