2. Strategik rejalashtirish va byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi


Download 294 Kb.
bet6/9
Sana28.12.2022
Hajmi294 Kb.
#1015050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 мавзу (1)

Sotish xarajatlari byudjeti strategik rejalashtirish asosida xaridorlar imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib vertikal hamda gorizontal tartibda tuziladi. Ko’pgina hollarda sotishlar hajmi mavjud ishlab chiqarish quvvati bilan belgilanadi.
Sotish xarajatlari byudjetini tuzish byudjetlashtirishning murakkab bosqichi hisoblanadi. Buning sabablari quyidagilardir:
a) mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan tushgan tushum korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog’liq emas;
b) bozorda nazorat qilib bo’lmaydigan hamda sotuv byudjetiga bevosita va bilvosita ta’sir qiladigan omillar juda ko’p. Bu omillarga quyidagilar kiradi:

  1. raqobatchilarning faoliyati;

  1. milliy va jahon bozoridagi umumiy holat;

  1. xaridorlar va mol yetkazib beruvchilarning moliyaviy barqarorligi;

  1. reklama va boshqa hamkorlik xizmatlarining samaradorligi;

  1. baho siyosati;

  1. mahsulotning rentabelligi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sotish byudjetini tuzishda quyidagi ikki usuldan foydalaniladi:

  1. statistik prognoz (umumiqtisodiy sharoitlar, bozor kon’yuturasi kabilarning grafikli matematik tahlili);

  1. ekspertlar bahosi (sotish bo’limi mutaxassislari va menejerlarning fikrlarini umumlashtirish asosida).

Sotishlarning rejalashtiriladigan hajmi belgilanganidan keyin ishlab chiqarish byudjeti, uning asosida tovar-moddiy zaxiralari va asosiy vositalarni sotib olish, ma’muriy xarajatlar byudjetlari tuziladi.
Investisiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalari rejasi hisoblanadi. Ushbu byudjet turi joriy davrdagi ishlab chiqarish ehtiyojlari (asbob-uskunalar sotib olish va h.k.) hamda byudjet davridan chetga chiquvchi uzoq muddatli xarajatlar (kapital qurilish, korxonani modernizasiya qilish va shu kabi)ni o’z ichiga oladi. Investisiya byudjetida korxonaning byudjetlashtirish davridagi kapital qo’yilmalari va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalari rejalashtiriladi.
Korxona bosh byudjetining muhim tarkibiy qismi moliyaviy byudjet hisoblanadi. Uning yordamida sotishlar hajmi va tannarxi, daromadlar va xarajatlarning nisbati, sof foyda, o’z mablag’laridan foydalanish, investisiya qo’yilmalarining qoplanish muddati va boshqalar haqida to’liq axborot olinadi.
Moliyaviy byudjet amaliyotda «Pul mablag’lari harakati byudjeti» deb ham nomlanib, uning tarkibiga korxonaning byudjet davridagi pul mablag’larining kirimi va chiqimi, aylanma mablag’lar harakati byudjeti, shuningdek, taxminiy buxgalteriya balansi (korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi hisobot) kiradi.
15-jadval

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling