2. Strategik rejalashtirish va byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi


Download 294 Kb.
bet3/9
Sana28.12.2022
Hajmi294 Kb.
#1015050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 мавзу (1)

Malakani oshirish. Byudjetlar menejerlarning malakasini oshirishda ham ijobiy samara beradi, ya’ni menejerlar byudjetlarni tuzishda o’z bo’linmalari faoliyati to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarga, shuningdek, javobgarlik markazlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni chuqur tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin. Bu esa korxona javobgar markazlariga ma’sul shaxslarni tayinlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Byudjetlashtirish samarali boshqaruv usullaridan hisoblanib, quyidagi xususiyatlarga ega:

  • korxonaning faoliyati bilan bo’linmalar faoliyatini kompleks rejalashtiradi;

  • byudjetlashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini yaratadi;

  • tuzilgan biznes-rejani tasdiqlaydi;

  • o’zgarib turuvchi ichki va tashqi salbiy omillarni bartaraf etishga ko’maklashadi.

Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar kelgusida daromadlarini oshirishlari uchun o’zlarining faoliyatlarini istiqbolli rejalashtirishlari zarur bo’ladi. Uning asosini byudjetlashtirish tashkil etadi.
Boshqaruv hisobining asosiy vazifasi hisoblangan va boshqaruv nazoratini ta’minlashda muhim bo’lgan rejalashtirish jarayoni quyidagi tamoyillarga tayanadi:

  • korxona tomonidan ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirish uchun o’rta va uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar tuzish;

  • zarur byudjet (smeta)larni ishlab chiqish. Byudjetlarni ishlab chiqish zarurati korxona tuzadigan rejalar asosli bo’lishi va ularni amalga oshirish yetarli moddiy mablag’lar mavjud bo’lishi belgilanadi.

Odatda, rejalashtirish jarayoni amal qilish vaqtiga muvofiq uzoq, o’rta va qisqa muddatli, qo’yilgan maqsadga ko’ra esa operativ, tak­tik va strategik rejalashtirishga bo’linadi.
Tezkor yoki qisqa muddatli rejalashtirish tizimi kun, hafta, dekada, oy, chorak yoki bir yil davomida amalga oshiriladi. Bu rejalar bosh dastur asosida ishlab chiqilib, aniq maqsad va yo’nalishga ega bo’ladi, ularni bajarishda turli xil usullar qo’llaniladi. Tezkor rejalar korxona asosiy maqsadini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan taktik rejalarni ifoda etadi. Ular jumlasiga ishlab chiqarish rejasi, umumishlab chiqarish xarajatlari rejasi, moddiy texnika ta’minoti rejasi kabilar kiradi.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling