2. Strategik rejalashtirish va byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi
Pul mablag’lari byudjeti ko’rsatkichlari
Download 294 Kb.
|
4 мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul mablag’lari jami (1qQ2q) 5840,0 1575,0 1640,0
- 4550,0 1070,0 1110,0 1430,0
- 4. Pul mablag’larining yetarliligi (yetishmovchi-ligi) (1qQ2q-3q) 1290,0 505,0
- 7. Hisobot davri oxiriga pul mablag’lari qoldig’i (4q-6q) 1190,0 405,0
- Xo’jalik subyektining statik byudjeti
- Ko’rsatkichlar Reja Haqiqiy Chetlanishlar
- 17 - jadval Xo’jalik subyektining moslashuvchan byudjeti
- Ko’rsatkichlar Haqiqiy bajarilgani Haqiqiy bajarilganga moslashtirilgan byudjet
- Operasion foyda 35000 37000 2000 (s)
- 3. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi
Pul mablag’lari byudjeti ko’rsatkichlari, ming so’mda
Jadval ma’lumotlaridagi hisobot davri oxiriga pul mablag’larining ijobiy qoldig’i 1740,0 ming so’mni tashkil etganligi korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi. Taxminiy buxgalteriya balansi korxona aktivlari va passivlarining hisobot davrigacha bo’lgan holatini aks ettiradi. Mazkur balans shaklini tuzish bilan bosh byudjetni tayyorlash jarayoni yakunlanadi. “Toshkentsut” aksionerlik jamiyatining 2004 yil uchun byudjetlashtirilgan taxminiy balansi 9-ilovada keltirilgan. Korxonalarda byudjetlarni tuzish o’tgan yillarning haqiqiy xarajatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda rejaviy va haqiqiy ko’rsatkichlarni taqqoslashda aniqlangan chetlanishlar kelgusi davr uchun tuziladigan byudjetda inobatga olinadi. Byudjetlarni tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi: ehtiyotkorlik va aniqlik tamoyillariga asoslanish; muvozanatlangan holda tuzish qoidasiga rioya qilish; moddiy, mehnat va pul birliklarida baholanish; byudjetni tuzishda javobgar qilib tayinlangan xodimning mas’uliyat bilan yondashishi talab qilinadi. Shuningdek, byudjetlarni tuzish ularni tayyorlashda qatnashuvchi barcha bo’linmalar kelishuvi asosida amalga oshirilishi, keyin esa tasdiqlash uchun korxona rahbariyatiga taqdim etilishi lozim. Korxona rahbariyati ma’qullagach byudjet haqiqiy hisoblanadi. Tasdiqlagan byudjetga asoslanib xarajat va daromadlarning oylik rejalari tuziladi. Mazkur rejalar korxonada xarajatlarni boshqarish va iqtisodiy ko’rsatkich (sotishlar hajmi, sof foyda, aktivlar rentabelligi, foyda me’yori va h.k.)larning zaruriy darajasiga erishishga xizmat qiladi. Byudjetlar oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik turlarga ajratiladi. Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob qilinadi. Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi. Statik byudjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko’rsatkichlarning mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi. Statik byudjet ko’rsatkichlarini moslashuvchan byudjet ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda sotishning haqiqiy hajmi e’tiborga olinmaydi ya’ni natijalarning qiyosiy tahlili keltiriladi. 16-jadval Xo’jalik subyektining statik byudjeti, ming so’mda
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish korxonasi statik byudjetda nazarda tutilgan ko’pgina ko’rsatkichlarga erishmagan. Statik byudjetda ko’rsatkichlarni rejalashtirish amalga oshirilsa, moslashuvchan byudjetni tuzishda natijalarning omilli tahlil usulidan foydalaniladi. Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha muqobil variantlaridan foydalaniladi. Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarish xarajatlari uchun avval mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan me’yorlar belgilanadi, keyin ushbu me’yorlar asosida haqiqiy sotish hajmiga mos keladigan ishlab chiqarishni rejalashtiriladigan hajmi aniqlanadi (6.3.-jadval). 17- jadval Xo’jalik subyektining moslashuvchan byudjeti, ming so’mda
Korxonada javobgarlik markazlari bo’yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo’yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi. Shunday qilib, korxona faoliyatini strategik rejalashtirishda byudjetlashtirish aylanma va moliyaviy resurslar, investisiya faoliyati uchun moliyalashtirish mablag’larini jalb etish, xarajatlar va daromadlar, pul mablag’lari harakati to’g’risida zarur ma’lumotlar olish imkonini beradi. 3. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi Xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish dasturini tuzish korxona faoliyatini byudjetlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talabi asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks rejani o’zida namoyon etadi. Buyurtmachilarning talab va taklif qonuni talablari asosida tovarlarga bo’lgan ehtiyoji, tuzilgan shartnomalar va buyurtmalarning mavjud portfeli, shuningdek, mahsulot (ish, xizmat)larning taklifi korxona ishlab chiqarish dasturining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish dasturini tuzishda turli usullar: darajali taxminlash, vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini diversifikasiyalash (kengaytirish) qo’llaniladi. Darajali taxminlash sotishlar va foydaning kutilgan hajmini uchta: maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari bo’yicha avvaldan rejalashtirishni nazarda tutadi. Vaziyatli rejalashtirish korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor sharoitlarida uni amalga oshirishda ham bir qancha qulayliklar tug’diradi. Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, odatda, uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) butun korxona uchun yillik ishlab chiqarish rejasini tuzish; 2) rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun ustuvor maqsadlarni aniqlash; 3) yillik ishlab chiqarish rejasini korxonaning alohida bo’linmalari yoki ishtirokchilar bo’yicha taqsimlash. Amaliyotda ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishning «quyidan yuqoriga» yoki nomarkazlashtirilgan holda, «yuqoridan quyiga» yoki markazlashtirilgan holda va takroran rejalashtirish ko’rinishlari qo’llaniladi. Quyidan yuqoriga rejalashtirish shuni anglatadiki, bunda ishlab chiqarish rejasi boshqarishning quyi darajasida ya’ni korxona bo’linmalarida va funksional xizmatlar bo’yicha tuziladi. Yuqoridan quyiga rejalashtirilganda rejalar butun korxona bo’yicha ishlab chiqiladi va bo’linmalar uchun tezkor rejalashtirish asos bo’lib xizmat qiladi. Takroran rejalashtirish korxona rahbariyati bilan barcha bo’linmalar va funksional xizmatlar o’rtasidagi uzviy o’zaro hamkorlikni nazarda tutadi. Korxona yoki uning bo’linmasining yillik ishlab chiqarish hajmi mahsulot birligini mos taxminiy bozor baholariga ko’paytirish orqali quyidagi formula bilan hisoblanadi: bu yerda: M0 - korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturi, so’m; Mn, Mr, Mu - mahsulot (ish va xizmat)lar yillik hajmi, dona; Bn, Br, Bu - mahsulot (ish va xizmat)lar birliklarining taxminiy bozor baholari, so’m/dona; n, p, y - mahsulot (ish va xizmat)larning nomenklaturasi. Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish mahsulot sotish rejasini tuzishdan boshlanadi. Unda har bir mahsulot, shuningdek korxona faoliyatining kelgusi davrida amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar ko’rsatiladi. Bir maromda mahsulot yetkazib berilganda rejalashtirilgan muddatda sotishlar hajmini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: bu yerda, Ms - mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi; Tu - tovarlarni o’rtacha bir kunda sotish miqdori; Sr - sotishning rejalashtiriladigan davri (kun, oy, kvartal, yil). Sotishlarning rejalashtiriladigan hajmini bozor segmentlari bo’yicha quyidagi shaklda shartli misollar yordamida ifodalash mumkin (5.4.-jadval). Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, X va U iste’molchilar talabi 2001 yilning to’rtinchi choragigacha o’sib borgan, keyin esa kamaygan. Bu kabi holatlarni chuqur tahlil qilish kelgusida sotish rejasini tuzishda yuqori samara beradi. Download 294 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling