2-Tajriba ishi Mavzu
Download 124.89 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2-Tajriba mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyma materiallar xossasiga talablar
2-Tajriba ishi Mavzu: Quymalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo’lish sabablari va oldini olish Ishdan maqsad: Quymalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo’lish sabablari va oldini olish yo’llarini talabalarga o’rgatish Odamlar eramizdan ikki-uch ming yil muqaddam quymalarni olish bilan tanish bo‘lganlar, buni Misrda, Xitoyda va boshqa mamlakatlarda olib borilgan arxeologik qazilmalar ko‘rsatdi. Keyinchalik asrlar davomida bu san’at rivojlana bordi. Masalan, 1585–1586-yillarda A. Choxov boshchi-ligida bronzadan katta zambarak quyildiki, uning massasi 40 t ga yaqin bo‘lgan. Ota- bola Motorinlar esa 1735-yilda bron- zadan katta, naqshli qo‘ng‘iroq quydilarki, uning massasi 200 t bo‘lgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, lekin shularning o‘ziyoq quymakorlik san’atining o‘sha yil- larda rivojlanish sur’atini yorqin ifodalaydi. Ayniqsa, keyingi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli yangi-yangi takomillashgan istiqbolli usullar (quyma- larni metall qoliplarda, bosim ostida, markazdan qochirma kuch yordamida, suyuqlanadigan modellar yordamida tayyorlangan qoliplarda, qobiqli qoliplarda va boshqalar) yaratilishi, og‘ir ishlarni mexanizatsiyalashtirilishi, tex- nologik jarayonlarning avtomatizatsiyalashtirilishi, markaz- lashtirilgan yirik quymakorlik korxonalarining barpo etilishi sifatli, xilma-xil quymalarni ishlab chiqarish bilan unumdorlik keskin ortdi. Quyma materiallar xossasiga talablar Texnika-iqtisodiy talablarga javob beradigan quymalar olishda keng foydalaniladigan asosiy materiallarga cho‘yanlar, po‘latlar va rangli metall qotishmalari kiradi. Ayniqsa, ularning suyuqlanish temperaturasining pastroqligi, oquvchanligi, kam kirishishi, kimyoviy tarkibining tekis bo‘lishi hamda narxining arzonligi ayrim kamchiliklari bo‘lsada, quymalar olishga qo‘l keladi. Quymalardan kutilgan xossalar material xiliga, kimyoviy tarkibiga, qolipga quyilish temperaturasiga, qolip materialiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Shuni aytish lozimki, yirik, murakkab shaklli, turli xil quymalar olishda kirishuv- chanligi, struktura o‘zgarishi, ayrim qismlarining turli tezlikda sovishi va boshqa sabablarga ko‘ra quymalarda ichki zo‘riqish kuchlanishlari vujudga keladi va zarur tadbirlar ko‘rilmasa, bu kuchlanishlar ularning defor- matsiyalanishiga, darz ketishiga olib kelishi mumkin. Quymalarni olishda foydalaniladigan materiallar ichida yuqorida qayd etilgan talablarga quyma cho‘yanlar yaxshi javob beradi. Shu boisdan, quy-malar olishda ulardan keng foydalaniladi. O‘rtacha hisoblar ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilayotgan quymalarning 70% quyma cho‘yanlarga, 17% po‘latlarga, 8% boshqa xil cho‘yanlarga va qolgani rangli metall qotishmalarga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, olinayotgan quymaning tannarxi mate-rial xiliga, seriyasiga, shakliga, o‘lchamlariga va texnologik jarayonlarning oqilona belgilanganligiga, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq 17-jadvalda quyma materiali, seriyasi va shaklining tannarxiga o‘rtacha ta’siri (qabul qilingan birlikda) misol sifatida keltirilgan. Quyuv sexlarida yuzlab va minglab ishlab chiqariladigan quymalar ichida quyma konstruksiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar, belgilangan texnologik jarayonni to‘g‘ri bajaril- masligi va boshqa sabablarga ko‘ra ba’zan nuqsonlar ham uchraydi. Jumladan, quyma shakli o‘lchamlari, yuza tekis- ligining, puxtaligining chizma talablariga to‘la javob bermasligi shunday nuqsonlardandir. Quymalarning muhimligiga qarab bu nuqsonlar tuzatib bo‘ladigan va tuzatib bo‘lmydigan turlarga ajratiladi: 1. Tuzatish mumkin bo‘lgan nuqsonlar. Bunday nuqsonlar ancha mayda, tuzatilishi birmuncha oson bo‘lgan nuqsonlar bo‘lib tuzatilgan detalning normal ishlashiga deyarli ta’sir etmaydi. 2. Tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlar. Bunday nuqsonlar yirik nuqsonlar bo‘lib, ularni yo mutlaqo tuzatib bo‘lmaydi yoki tuzatish mumkin bo‘lsa-da, iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadi. Bu xil nuqsonli quyma yaroqsizga chiqarilib qayta suyuqlantiriladi. Texnik nazorat vakillari quymalarning sifatinigina kuzatish bilan chegaralanmay, nuqsonlarni hosil bo‘lish sabablarini ham o‘rganib, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishda texnolog va masterlarga yordam berishlari lozim. Quymalarda uchraydigan nuqsonlarning xili va hosil bo‘lish sabablari ко‘p. Bular jumlasiga qolip va sterjen materiallarining, suyuqlantirilgan metall tarkibi va tempe- raturasi, uni qolipga quyish tezligi hamda sovish sharoit- larining texnologik talabga to‘la javob bermasliklari va boshqalar kiradi. Quymalarda uchraydigan asosiy nuqson- larga quymalarning chizma talabiga mos kelmasligi, qolipning metall bilan chala to‘ldirilishi, uning tirqishlaridan metall oqishi, qolip materialining quyma kuyib yopishishi, gaz, shlak kovakliklari metallning kirishuvi bo‘shliqlari, tob tashlash, darz va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Download 124.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling