2-Tajriba ishi Mavzu
Nuqsonlarni tuzatish yo‘llari
Download 124.89 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2-Tajriba mashg\'ulot
Nuqsonlarni tuzatish yo‘llari
Quymalar materialiga, nuqsonlarning xiliga, shakliga, o‘lchamlariga ko‘ra tuzatishda turli texnologik usullardan foydalaniladi. Masalan, muhim bo‘lmagan cho‘yan va po‘lat quymalardagi kichik g‘ovaklar bakelit laki yoki grafit kukuni qorishtirilgan zamazka bilan toidiriladi. Buning uchun g‘ovak joylar iflosliklar, moy va zangdan tozalan- gach, zamazkalanib, ustidan grafit yoki koks bo‘lagi bilan tekislab pardozlanadi. Kichik gidravlik bosimda ishlatiladigan kanalizatsiya cho‘yan trubalaridagi g‘ovaklikni yo‘qotishda u ammoniy xloridning suvdagi eritmasiga 8–12 soat botiriladi. Bunda eritma metall donachalari orasiga o‘tib g‘ovaklikni to‘ldiruvchi oksidlar hosil qiladi. Ma’lumki, cho‘yan quymalarning mo‘rtligi, undagi nuq- sonlarni tuzatishda birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu sababli nuqsonlarning xarakteriga (o‘lchamlari va shakliga) ko‘ra, ular sovuqlayin yoki qizdirilib (ayrim paytlarda nuqsonli joylarnigina qizdirib) cho‘yan elektrod bilan elektr yoy yoki gaz alangasi yordamida payvandlanadi. Zarur holda termik ishlovlar ham beriladi. Download 124.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling