2-Tajriba ishi Mavzu


Download 124.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi124.89 Kb.
#1345884
  1   2
Bog'liq
2-Tajriba mashg\'ulot



2-Tajriba ishi 
 
Mavzu: Quymalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo’lish 
sabablari va oldini olish
 
Ishdan maqsad: Quymalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo’lish 
sabablari va oldini olish yo’llarini talabalarga o’rgatish 
 
Odamlar eramizdan ikki-uch ming yil muqaddam quymalarni olish bilan tanish 
bo‘lganlar, buni Misrda, Xitoyda va boshqa mamlakatlarda olib borilgan 
arxeologik qazilmalar ko‘rsatdi. Keyinchalik asrlar davomida bu san’at 
rivojlana bordi. Masalan, 1585–1586-yillarda A. Choxov boshchi-ligida 
bronzadan katta zambarak quyildiki, uning massasi 40 t ga yaqin bo‘lgan. Ota-
bola Motorinlar esa 1735-yilda bron- zadan katta, naqshli qo‘ng‘iroq quydilarki, 
uning massasi 200 t bo‘lgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, lekin 
shularning o‘ziyoq quymakorlik san’atining o‘sha yil- larda rivojlanish sur’atini 
yorqin ifodalaydi. Ayniqsa, keyingi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi 
tufayli yangi-yangi takomillashgan istiqbolli usullar (quyma- larni metall 
qoliplarda, bosim ostida, markazdan qochirma kuch yordamida, suyuqlanadigan 
modellar yordamida tayyorlangan qoliplarda, qobiqli qoliplarda va boshqalar)
yaratilishi, og‘ir ishlarni mexanizatsiyalashtirilishi, tex- nologik jarayonlarning 
avtomatizatsiyalashtirilishi, 
markaz- 
lashtirilgan 
yirik 
quymakorlik 
korxonalarining barpo etilishi sifatli, xilma-xil quymalarni ishlab chiqarish bilan 
unumdorlik keskin ortdi. 
Quyma materiallar xossasiga talablar
Texnika-iqtisodiy talablarga javob beradigan quymalar olishda keng 
foydalaniladigan asosiy materiallarga cho‘yanlar, po‘latlar va rangli metall 
qotishmalari kiradi. Ayniqsa, ularning suyuqlanish temperaturasining 
pastroqligi, oquvchanligi, kam kirishishi, kimyoviy tarkibining tekis bo‘lishi 
hamda narxining arzonligi ayrim kamchiliklari bo‘lsada, quymalar olishga qo‘l 
keladi. Quymalardan kutilgan xossalar material xiliga, kimyoviy tarkibiga, 


qolipga quyilish temperaturasiga, qolip materialiga va boshqa ko‘rsatkichlarga 
bog‘liq. Shuni aytish lozimki, yirik, murakkab shaklli, turli xil quymalar olishda 
kirishuv- chanligi, struktura o‘zgarishi, ayrim qismlarining turli tezlikda sovishi 
va boshqa sabablarga ko‘ra quymalarda ichki zo‘riqish kuchlanishlari vujudga 
keladi va zarur tadbirlar ko‘rilmasa, bu kuchlanishlar ularning defor- 
matsiyalanishiga, darz ketishiga olib kelishi mumkin. Quymalarni olishda 
foydalaniladigan materiallar ichida yuqorida qayd etilgan talablarga quyma 
cho‘yanlar yaxshi javob beradi. Shu boisdan, quy-malar olishda ulardan keng 
foydalaniladi. O‘rtacha hisoblar ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilayotgan 
quymalarning 70% quyma cho‘yanlarga, 17% po‘latlarga, 8% boshqa xil 
cho‘yanlarga va qolgani rangli metall qotishmalarga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, 
olinayotgan quymaning tannarxi mate-rial xiliga, seriyasiga, shakliga, 
o‘lchamlariga va texnologik
jarayonlarning 
oqilona 
belgilanganligiga, 
mexanizatsiya 
va 
avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq 17-jadvalda quyma materiali, seriyasi 
va shaklining tannarxiga o‘rtacha ta’siri (qabul qilingan birlikda) misol sifatida 
keltirilgan.
 
Quyuv sexlarida yuzlab va minglab ishlab chiqariladigan quymalar ichida 
quyma konstruksiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar, belgilangan texnologik 
jarayonni to‘g‘ri bajaril- masligi va boshqa sabablarga ko‘ra ba’zan nuqsonlar 
ham uchraydi. Jumladan, quyma shakli o‘lchamlari, yuza tekis- ligining, 
puxtaligining 
chizma 
talablariga 
to‘la 
javob bermasligi shunday 
nuqsonlardandir.
Quymalarning muhimligiga qarab bu nuqsonlar tuzatib bo‘ladigan va tuzatib 
bo‘lmydigan turlarga ajratiladi: 1. Tuzatish mumkin bo‘lgan nuqsonlar. Bunday 
nuqsonlar ancha mayda, tuzatilishi birmuncha oson bo‘lgan nuqsonlar bo‘lib 
tuzatilgan detalning normal ishlashiga deyarli ta’sir etmaydi. 2. Tuzatib 
bo‘lmaydigan nuqsonlar. Bunday nuqsonlar yirik nuqsonlar bo‘lib, ularni yo 


mutlaqo tuzatib bo‘lmaydi yoki tuzatish mumkin bo‘lsa-da, iqtisodiy jihatdan 
qimmatga tushadi. Bu xil nuqsonli quyma yaroqsizga chiqarilib qayta 
suyuqlantiriladi. Texnik nazorat vakillari quymalarning sifatinigina kuzatish 
bilan chegaralanmay, nuqsonlarni hosil bo‘lish sabablarini ham o‘rganib, 
ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishda texnolog va masterlarga yordam 
berishlari lozim. Quymalarda uchraydigan nuqsonlarning xili va hosil bo‘lish 
sabablari 
ко‘p. Bular jumlasiga qolip va sterjen materiallarining, 
suyuqlantirilgan metall tarkibi va tempe- raturasi, uni qolipga quyish tezligi 
hamda sovish sharoit- larining texnologik talabga to‘la javob bermasliklari va 
boshqalar kiradi. Quymalarda uchraydigan asosiy nuqson- larga quymalarning 
chizma talabiga mos kelmasligi, qolipning metall bilan chala to‘ldirilishi, uning 
tirqishlaridan metall oqishi, qolip materialining quyma kuyib yopishishi, gaz, 
shlak kovakliklari metallning kirishuvi bo‘shliqlari, tob tashlash, darz va 
boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 

Download 124.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling